Erdog’an, tinch aholining o’qqa tutilishi haqidagi mish-mishlarga to’xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an “Zaytun novdasi” amaliyotida tinch aholining o’qqa tutilishi haqidagi mish-mishlarga to’xtalar ekan bu haqida, “Tinch aholini o’qqa tutishlik bizning qonimizda yo'q lekin sizda bor” dedi.

917415
Erdog’an, tinch aholining o’qqa tutilishi haqidagi mish-mishlarga to’xtaldi

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an “Zaytun novdasi” amaliyotida tinch aholining o’qqa tutilishi haqidagi mish-mishlarga to’xtalar ekan bu haqida,

“Tinch aholini o’qqa tutishlik bizning qonimizda yo'q lekin sizda bor” dedi.

Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida, o’z partiyasining navbatdagi viloyat kongressi oldidan xalqqa xitob etgan Prezident Erdog’an Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” amaliyotiga to’xtaldi.  

Bugun ertalab doxil 1931 terroristning yo’q qilinganligini eslatib o’tgan Erdog’an, TQKning tinch aholini o’qqa tutganligi haqidagi mish-mishlarga esa,

“Vijdonsiz, tartibsiz, ahloqsizlar... Tinch aholini o’qqa tutishlik bizning qonimizda yo'q lekin sizda bor. Sizlar, 10 000 kilometrlik uzoqlikdan bu yerlarga nima deb kelyapsizlar? Bizning 911 kilometrlik chegaramizda, chegaramizni himoya qilishlik kabi javobgarchiligimiz bor. Shunday ekan hech kim, o’tirgan joyida, nima uchun chegaralarni himoya qilayotganligimiz haqida savol bermasin. Himoya qilishlikni davom ettiramiz. Hujum qilganlar ham bunga javob beradi. Bu mamlakat, bu xalq, bu askar qo'rqoqlar armiyasi emasdir. Qo'rqoqlar yurti ham emas. Hozirda shuning uchun ham kurashmoqdamiz” deya javob berdi.

Kongressda so’zlagan nutqida ham, “Chegaralarimiz bo’ylab terror yo’lagi tashkil etish orqali bizni birodarlarimizdan ajratmoqchi” degan Prezident Erdog’an ularning, kim ekanligi ma’lum bo’lgan terror tashkilotlari bilan qo’ltig’lashib yurishdan ham tortinmaganliklarini qayd etdi.  

Erdog’an shuningdek,

“Terror tashkilotlari orqali bizga qilganlari, xalqimizning soqol olishiga o’xshaydi. Holbuki biz kerakli chorani ko’ra boshlaganimizda u terroristlarni butunlay yo’q qilib, ularni tashkil etish uchun hormay-tolmay mexnat qilganlarning qo’llarini sindiramiz. Olingan soqol takror chiqadi lekin singan qo’l va qanot qaytib kelmaydi” deya gapirdi.

Urush maydonida Turkiyani yengolmasligini tushunib yetganlarning, dunyo maydonida yolg’on va quruq tuhmat asosida boshlatgan propagandalarining ham hech qanday foydali natija bermasligini ta’kidlagan Erdog’an,

“Haqiqatlar oldida bu yolg’onlar, huddi quyoshni ko’rgan muz bo’lakchalaridek erib, g’oyib bo’ladi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar