Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Hatay viloyatidagi azador oilaga ta’ziya bildirdi

Hatay viloyati Reyhanli tumanida 17 yoshdagi Fatosh Avlar ismli qiz Suriya tomonidan otilgan raketaning qurboni bo’ldi.

901244
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Hatay viloyatidagi azador oilaga ta’ziya bildirdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Hatay viloyatidagi azador oilaga ta’ziya bildirdi.

Kecha Suriya chegarasida joylashgan Hatay viloyati Reyhanli tumaniga Suriya tomonidan raketa kelib tushdi.

Erdo’g’an voqeada halok bo’lgan Fatosh Avlar ismli qizning oilasiga qo’ng’iroq qilib ta’ziya bildirdi.

17 yoshdagi Fatosh Avlar Suriya tomonidan otilgan raketaning qurboni bo’ldi.

Prezident Erdo’g’an azador oilaga chuqur hamdardlik bildirar ekan, shahidlarning qoni aslo yerda qolmasligini aytdi.

Terror tashkiloti PKK, PYD va YPG kecha yana tinch aholiga hujum qildi.

Suriyaning Afrin tumanini ishg’ol qilgan jangarilar Turkiyaning Hatay viloyatiga qarashli Reyhanli tumaniga 7 marta raketa otdi.

Otilgan raketalar oqibatida 17 yoshdagi Fatosh Avlar ismli qiz hayotdan ko’z yumdi, 1 kishi yaralandi.

Fatosh Avlar Reyhanli tumanida dafn etildi.

Reyhanlidan otilgan raketalardan biri Tegirmon qarshi mahallasidagi bir uyga kelib tushdi.

Hududgga ko’plab politsiya kuchlari va o’t o’chiruvchilar safarbar etildi.

Voqeada qurbonlar yoki yaradorlarning yo’qligi aytilmoqda.

PYD va PKK jangarilari tomonidan Hatayning Qirqxon tumaniga ham raketa otildi.

Afrindan otilgan raketa Parishon mahallasidagi ekin maydoniga kelib tushdi.

 



Aloqador xabarlar