Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob’yektlarini portlatdi

“Iroq shimolidagi Qandil va Asos hududlarida terror tashkiloti PKKga oid ob’yektlar yo’q qilinmoqda”,-deyiladi bayonotda.

898977
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob’yektlarini portlatdi

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Qandil va Asos hududlarida joylashgan terror ob’yektlarini portlatdi.

Aviazarbada terror tashkiloti PKKga oid 11 ta ob’yekt yo’q qilindi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Iroq shimolida mintaqaga xavf solayotgan terror tashkiloti PKKga oid ob’yektlar yo’q qilinmoqda”,-deyiladi bayonotda.

Qandil va Asos hududlaridagi chegara nazorati punktlari va harbiy bazalarga hujumga tayyorgarlik ko’rayotgan jangarilar aniqlanib, aniq nishonga olindi.

Harbiy samolyotlar jangarilarga tegishli boshpanalar, o’q-dori va qurol-aslaha omborlarini portlatdi.

Harbiy samolyotlar xizmatni ado etgach harbiy bazaga kelib qo’ndi.

 

 

 



Aloqador xabarlar