TQK, “Zaytun novdasi” amaliyotining oxirgi vaziyati haqida bayonot berdi

TQK, Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanidagi terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini terror zulmidan qutqarish maqsadida boshlatilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyotning oxirgi vaziyati haqida bayonot berdi.

897421
TQK, “Zaytun novdasi” amaliyotining oxirgi vaziyati haqida bayonot berdi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanidagi PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini terror zulmidan qutqarish maqsadida boshlatilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyot doirasida bugungacha kamida 343 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, Turk Qurolli kuchlari tomonidan hudud va mintaqalarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida Suriyaning shimoli-g’arb mintaqasida joylashgan mamlakatning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh a’zolarini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini terror zulmidan qutqarish maqsadida joriy yilning 20-yanvari kuni soat 17:00 da boshlatilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyotning, rejalashtirilgandek davom etayotganligi belgilab o’tildi.   

Bayonotda shuningdek, Turkiyaning mazkur amaliyotning xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti shartnomasining 51-moddasida o’rin olgan o'z-o'zini himoya qilish huquqi doirasida, terrorizmga qarshi kurash bo’yicha BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga muvofiq, Suriyaning hududiy yaxlitligiga hurmat ko’rsatilgan ravishda amalga oshirayotganligi ta’kidlandi.

Bayonotda, amaliyot rejasida faqatgina terroristlar va ularga oid boshpana va qurol-yaroqlarning nishonga olinganligi, tinch aholi va gunohsiz insonlarning ziyon ko’rmasligi uchun har qanday tadbirning olinganligiga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Harbiy-havo kuchlari tomonidan tun bo’yi davom ettirilgan havo amaliyoti orqali PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotiga oid boshpana, o’q-dori omborxonasi va qurol mavzelari sifatida foydalanilgan 23 nuqta yo’q qilindi. Amaliyotda ishtirok etgan 13 uchoq xavfsiz ravishda o’z bazalariga kelib qondi” degan ifodalarga o’rin berildi.

 



Aloqador xabarlar