Prezident Erdog’an AQSh Prezidenti Trump bilan Afrin masalasini qo'lga oldi

Prezident Erdog’an AQSh Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali muloqat qilib, Afrin masalasini qo'lga oldi.

896545
Prezident Erdog’an AQSh Prezidenti Trump bilan Afrin masalasini qo'lga oldi

Prezident Erdog’an AQSh Prezidenti Trump bilan telefon orqali muloqat qildi.

AQSh tomonining tashabbusi bilan bo’lib o’tkan muloqatda Turkiyaning, Suriyaning Afrin mintaqasini terroristlardan tozalash maqsadida boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyoti kun tartibi moddasi edi.

Prezidentlik apparati manbaalariga ko’ra Erdog’an Trumpga, terrorizmga qarshi kurash doirasida, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG terror tashkilotini AQShning qurol bilan ta’minlashni to’xtatishi kerakligini qayd etgan. Shuningdek, Prezident Erdog’an Turkiyaning, Zaytun novdasi amaliyotini, xalqaro huquq asosida va BMT shartnomasining 51-moddasiga muvofiq, BMT Xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi kurash haqidagi qarorlariga ko’ra amalga oshirilganligini ta’kidlagan. 

Erdog’an, Turkiyaning o’z milliy xavfsizligi uchun Afrinni terror unsurlaridan tozalashni ko’zda tutganligini ham yetkazgan. Ikkala lider, Suriya va ikki mamlakatning o’zaro munosabati, mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlik va yaqin munosabatni davom ettirishda qarorli ekanliklarini tasdiqlab olgan.



Aloqador xabarlar