TQK, Suriyadan Turkiyaga qarshi hujum uyushtirgan terror pozitsiyalarini o’qqa tutdi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan Turkiyaning Hatay viloyati, Reyhanli tumaniga qarshi raketa hujumi uyushtirgan terror pozitsiyalari yo’q qilindi.

894114
TQK, Suriyadan Turkiyaga qarshi hujum uyushtirgan terror pozitsiyalarini o’qqa tutdi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan Turkiyaning Hatay viloyati, Reyhanli tumaniga qarshi raketa hujumi uyushtirgan terror pozitsiyalari Turk Qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi oqibatida yo’q qilindi.  

Aytib o’tish joizki Reyhanli tumaniga qarshi uyushtirilgan 11 ta raketa hujumi oqibatida suriyalik bir kishi jon berib, 46 kishi tan jarohati olgan edi. Tan jarohati olganlardan 16 nafarining suriyalik ekanligi aniqlangan.

Terror tashkilotining hujumlari ortidan Turk Qurolli kuchlari amaliyot boshlatdi.

Hujum uyushtirilgan pozitsiyalar aniqlanishi ortidan Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli urush uchoqlari, tegishli ikkita pozitsiyaga qarshi havo hujumi uyushtirdi.

Terroristlar tomonidan foydalanilgan pozitsiyalar, reaktiv uchoqlar orqali yo’q qilindi.

 



Aloqador xabarlar