Prezident Erdog’an, “Operatsiya ortidan Afrin o’z egalariga topshiriladi”.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, “Zaytun novdasi” operatsiyasi ortidan Afrinning o’z egalariga topshirilajagini qayd etdi.

893636
Prezident Erdog’an, “Operatsiya ortidan Afrin o’z egalariga topshiriladi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriyaning shimolidagi Afrin shahrida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD va DEASh terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan operatsiyaning eng qisqa vaqt ichida o’z nihoyasiga yetajagini qayd etdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an, partiyaning Bursa viloyati Ayollar kengashi kongressida nutq so’zladi.

O’z nutqida, “Terroristlarning qanday qilib qochganligini ko’rib turibman” degan Prezident, “PKK terror tashkiloti Afrindan qochyapdi. Ular qochadi, biz esa quvalaymiz” dedi.

Erdog’an, “Dunyoning butun musulmonlari duo qildi. Hatto Afrikada ham musulmonlar duo qildi. Afrikadagi bolalar ham duo qilayotgan edi. Biz yolg’iz emasmiz” dedi.  

Erdog’an, Afrinning PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan bosib olinganligini ta’kidlagan holda, “Zaytun novdasi” deb nomlangan operatsiya ortidan Afrinning o’z egalariga topshirilajagini belgilab o’tdi.

Terroristlarning boshini ezish masalasining milliy masala ekanligini eslatgan Erdog’an, “Yevropada himoya qilingan Fetullahchi terror tashkiloti FETO, PKK va DHKP-C degani faqatgina terror tashkiloti degani emasdir, u degani iflos buyruqni boshqaradigan piyonlardır” dedi.  


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Afrin , #Zaytun novdasi

Aloqador xabarlar