Parijda THY va Airbus korporatsiyasi o'rtasida memorandum imzolandi
Turkiyaning milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines (THY) o'nlab A350 laynerlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
883384
Turkiyaning milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines (THY) o'nlab A350 laynerlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
THY va Airbus korporatsiyasi o'rtasidagi memorandum Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'anning Parijga tashrifi doirasida imzolandi.
Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi Yevropa aerofazoviy sanoat korporatsiyasidan A350-900 turidagi 20+5 yo'lovchi samolyotini xarid qilishni mo'ljallamoqda.
THY direktorlar kengashi rahbari Ilker Ayjining so'zlariga ko'ra, yangi yo'lovchi samolyotlari Turkish Airlinesning jahon aviakompaniyalar bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamlashga hissa qo'shadi.