Ibrohim Kalin:"Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiyaga safar qiladi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan tor ve keng doiradagi uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Fransiya munosabatlarini muhokama qiladi.

879476
Ibrohim Kalin:"Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiyaga safar qiladi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 5 yanvar kuni Fransiyaga safar qiladi.

Bu haqda prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma’lum qildi.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 5 yanvarda Fransiyaga jo’nab ketadi. Ikki davlat rahbarlari terrorizmga qarshi kurash, Al-Quds, Suriya, Iroq va boshqa mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi. Shuningdek, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari ham ko’zdan kechiriladi”,-dedi Ibrohim Kalin.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan tor ve keng doiradagi uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Fransiya munosabatlarini muhokama qiladi. Aytish joizki, Fransiya bilan taxminan 6 asrlik tarixiy aloqalarga egamiz. Fransiya eng muhim iqtisodiy hamkorimiz va eng yaqin ittifoqdoshimizdir. Terrorizm, mintaqaviy va global muammolarga qarshi kurashda Fransiya bilan har tomonlama tig’iz muloqot olib borilmoqda”,-dedi Ibrohim Kalin.

Ma’lumki, ikki davlat o’rtasidagi azaliy munosabatlar o’zaro investitsiyalar, energiya, mudofaa sanoati, bilim va texnologiya, transport, madaniyat va ta’lim sohasidagi muhim loyihalar bilan yana ham mustahkamlandi.

“Fransiyada yashagan taxminan 700 ming turk ikki davlat o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydi. Shu sababli prezidentimiz Erdo’g’anning ziyorati Fransiya bilan hamkorligimizni xalqimiz va davlatimiz manfaatiga foyda keltiradigan darajaga oib chiqishga xizmat qiladi”,-dedi Ibrohim Kalin.

 



Aloqador xabarlar