Turkiyaning Vashington elchixonasi AQSh bayonotini to’g’riladi

Turkiyaning Vashington elchixonasi, Turkiyada sud jarayoni davom etgan hujjatlar bo’yicha AQShga hech qanday kafolat berilmaganligini qayd etdi.

878072
Turkiyaning Vashington elchixonasi AQSh bayonotini to’g’riladi

Turkiyaning Vashington elchixonasi AQSh bayonotini to’g’riladi.

Turkiyaning Vashington elchixonasi, Turkiyada sud jarayoni davom etgan hujjatlar bo’yicha AQShga hech qanday kafolat berilmaganligini qayd etdi.

Turk hukumati tomonidan hech qanday kafolat berilmaganligini ta’kidlagan elchixona, xalqqa noto’g’ri ma’lumot berilmasligi kerakligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Elchixona shu doirada,

“AQSh bayonotida qayd etilgan kafolatlarga to'xtaladigan bo’lsak bu borada Turkiyaning huquq davlati ekanligini, sud jarayoni davom etgan hujjatlar borasida Hukumatimiz tomonidan hech qanday kafolat berilmaganligini, yurtimizdagi hech qaysi vakolatxona xodimining rasmiy vazifasi yuzasidan sudga tortilmaganligini ta’kidlamoqchimiz. Avval ham e’tibor qaratishimizga qaramay AQShning Turkiya tomonidan kafolat olganligini ilgari surib, Turk va Amerika xalqiga yanglish ma’lumot berilishini no’to'gri deb hisoblaymiz” dedi.

Bayonotda shuningdek, o'zaro kelishuv asosida AQSh fuqarolarining viza cheklovlarining bekor qilinganligi belgilab o’tildi.

AQShning Anqara elchixonasi tomonidan berilgan bayonotda, “taqdim etilgan kafolat asosida Turkiya fuqarolari uchun yo’lga qo’yilgan viza cheklovlari bekor qilindi” deyilgan edi.  

Aytib o’tish joizki ikkala mamlakat o’rtasidagi viza muammosi joriy yilning oktabr oyida paydo bo’lgan edi.

 



Aloqador xabarlar