Turkiya degani Falastin, Quddus, Arakan deganidir

Bosh vazir Binali Yildirim Turkiya Buyuk Millat Majlisining umumiy kengashida 2018-yilning Markaziy boshqaruv byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi ortidan minbarda nutq so’zladi.

874181

O’z bayonotida Turkiyaning kuchli bo’lishi kerakligini ta’kidlagan Yildirim, “Chunki Turkiya degani Falastin deganidir, Quddus deganidir, Somaliya deganidir, Yaman deganidir. Turkiya yolg’iz emas. Turkiyaning kuchli bo’lishi degani mazlumlarning kuchli bo’lishi deganidir” deya gapirdi.

Turkiyaning 2018-yili investitsiya va eksport asosida o’sish kuzatajagini belgilab o’tgan Yildirim, tasdiqlangan 2018-yilgi byudjetning Turkiya uchun yaxshilik olib kelajagini ifoda etdi.

2018-yilgi byudjet TBMMda 124 salbiy, 305 ijobiy ovoz bilan qabul qilindi.

Aloqador xabarlar