Erdog’an, qiyinchiliklarga qarshi birlik va birdamlikning ahamiyatiga to'xtaldi

Prezident Erdog’an mamlakatning Qoniya viloyatida uyushtirilgan “Hazrati Mavlona vafotining 744-yilligi” munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

870563
Erdog’an, qiyinchiliklarga qarshi birlik va birdamlikning ahamiyatiga to'xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an qiyinchiliklarga qarshi sabir qila olgan, to’g’ri yo’lda bir-birini qo’llab-quvvatlagan bir xalqni hech qaysi kuchning yo’q qilolmasligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an mamlakatning Qoniya viloyatida uyushtirilgan “Hazrati Mavlona vafotining 744-yilligi” munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tadbirda so’zlagan nutqida Mavlonaning yuzyillar oldin birlik, birdamlik, sevgi va qardoshlik haqida aytgan so’zlarining bugungi kunga ham o’z manosini yo’qotmaganligini ta’kidladi.

Erdog’an bugungi kunda Turkiya va mintaqada birovlarning qon to’kish, kin saqlash va nizo yo’li bilan nimalargadir erishish payida ekanliklariga e’tibor qaratdi.

Shu doirada qaysidir rejimlarning barrel bombalari, ballistik raketalari orqali qatliomga qo’l urib, o’z hukmronligini saqlab qola olajagiga ishonganliklarini ifoda etgan Erdog’an,

“Ba’zi kuchlar musulmonlar qadriyatini hisobga olmagan holda bizning sabrimizni sinayapdi lekin Mavlona hazratlari bizga, bosib olish orqali iqbol ketidan yugirganlarning, shiddat va fitnagarchilik bilan hukmronlikni orzu qilganlarning qanchalik g’aflat ichida ekanliklarini ochiq-oydin aytib turipdi” dedi.

Har qanday qiyinchiliklarga qarshi kurash olib borishdan voz kechish niyatlari yo’qligini qayd etgan Prezident Erdog’an,

“Tarixda son-sanoqsiz marotaba takrorlanganidek zulum orqali obod bo’lganlarning oxiri barbod bo’ladi.  Zolim qo’l urgan amallar hech qachon unga foyda olib kelmaydi. Qatliomlarning, zulumlarning, to’kilgan gunohsiz insonlar qonining hisobi bu dunyoda ham, u dunyoda ham mutlaqo so’raladi” degan ifodalarga o’rin berdi. 

Erdog’an qiyinchiliklarga qarshi sabir qila olgan, to’g’ri yo’lda bir-birini qo’llab-quvvatlagan bir xalqni hech qaysi kuchning yo’q qilolmasligini qayd etdi.

“Biz birlik va birdamlik ichida bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqargudek bo’lsak unda Hudo xohlasa, bizning tuproqlarda ekishga harakat qilingan fitnagarchilik urug’lari aslo kokarmaydi” degan ifodalarga o’rin bergan Prezident Erdog’an,

“Qardoshlarimizga ziyon yetkazmay, gunohsiz mazlum va jabrlangan kishilarga dasturxon ochishni davom ettirgudek bo’lsak bizga hech kim tiz cho'ktira olmaydı. Mazhabchilik, etnik guruhlar do’stligini buzish ustidan qadimiy mushtaraklarimizni yo’q qilish niyatidagilarni bizning qarorliligimiz mag’lub qiladi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar