Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra oxirgi bir hafta ichida terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan roppa-rosa 1323 amaliyot uyushtirilgan.

866004
Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Ichki ishlar vazirligi Turkiya boylab 4-11-dekabr kunlari uyushtirilgan amaliyotlar doirasida 7 terroristning yo’q qilinganligini qayd etdi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra oxirgi bir hafta ichida terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida xavfsizlik kuchlari tomonidan roppa-rosa 1323 amaliyot uyushtirilgan.

Amaliyotlarda terror tashkilotiga yordam berganliklari iddiosi bilan 153, DEASh terror tashkiloti bilan aloqa o’rnatganligi iddiosi bilan 67, Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida 699, sol qanot terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida esa 4 aybdor nazorat ostiga olindi.

Amalga oshirilgan amaliyotlar doirasida 4062 kishi nazorat ostiga olindi. Ulardan 923 nafari terror jinoyati, 74 nafari tartibsiz migratsiya va 3065 nafari giyohvand modda va kontrabanda jinoyatlari yuzasidan.

Amaliyotlarda 2 nafari o’lik, 2 nafari tiriklayin, 3 nafari taslim bo’lish yo’li orqali jami 7 nafar terrorist yo’q qilindi.

Shu bilan birga joriy yilning 22-avgusti kuni Turkiyaning Van viloyatining Gurpinar tumanida o’lik holatda qo’lga tushirilgan terroristlarning, barmoq izlarining kriminal tahlili natijasida mamlakatning Shirnak va Van viloyatlarida, 2 nafar xavfsizlik xodimining shahid bo’lishiga, 5 nafar xavfsizlik xodimining esa tan jarohati olishiga yo’l ochgan hujumlari ham bo’lib jami 12 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda hujumining jinoyatchilari ekanligi aniqlandi.

Turkiyaning Batman, Bingo’l, Diyarbakir, Hakkari, Mardin, Siirt, Hatay va Tunjeli viloyatlarida olib borilgan amaliyotlarda terror tashkiloti a’zolari tomonidan foydalanilgan 22 ta boshpana va g’or bilan oldindan yashirinib qoyilgan 34 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda va mina yo’q qilindi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan 728 kg portlaguvchi ishlab chiqarishda foydalanilgan modda, 11 ta granata, 15 ta qurol bilan 1218 ta turli xil o'q-dorilar qo’lga kiritldi. Qo’lga kiritilgan 15 ta quroldan 8 tasi og’ir, 7 tasi esa uzun stvolli ekanligi ham aniqlandi.

 



Aloqador xabarlar