Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti bilan muloqot qildi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, muloqotda Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlarining Sochida bo’lib o’tgan uch tomonlama uchrashuvi tafsilotlari haqida fikr almashildi.

858059
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya prezidenti Frank Volter Steinmeier bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, muloqot chog’ida avvalo Turkiya-Germaniya munosabatlari muhokama qilindi.

So’ngra, Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlarining Sochida bo’lib o’tgan uch tomonlama uchrashuvi tafsilotlari haqida fikr almashdi.

Suriyaning taqdiri va uning hududiy yaxlitigini saqlab qolish jarayonini muhokama qilgan ikki davlat rahbari Suriyada BMT nazoratida davlat fuqarolarining barchasini o’z ichiga olgan erkin, shaffof saylovlarni tashkil qilishga e’tibor qaratdi.

Erdog’an BMT xavfsizlik kengashining 2254-sonli qarorida nazarda tutilganidek, Suriya xalqi boshchiligida adolatli siyosiy jarayonni hayotga tadbiq etishga katta ahamiyat beradi.

Erdog’anning ta’kidlashicha, Sochida o’tkaziladigan milliy muloqot kongressi Jeneva muzokaralarining davomi bo’lib qolmaydi, ayni paytda uning kamchiliklarini to’ldiruvchi ahamiyatga ega bo’ladi.

Ushbu kongressda Suriyadagi ekstremist guruhlarning vakillariga o’rin berilmaydi.

Bundan tashqari, ikki davlat rahbari Turkiya-Germaniya munosabatlarini ham ko’zdan kechirar ekan, o’zaro aloqalarni yanada yuqori darajaga ko’tarishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Bu jhatdan ikki davlat rahbari bevosita tashabbus olib borishga kelishib oldi.

 



Aloqador xabarlar