Turkiya, Eron va Qatar o’rtasida shartnoma imzolandi

Tehronda imzolangan shartnoma uch davlat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga zamin yaratadi.

855506
Turkiya, Eron va Qatar o’rtasida shartnoma imzolandi

Turkiya, Eron va Qatar o’rtasida savdo mollarini tashish va tranzit o’tishni qulaylashtirish bo’yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnomaga Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Eron ma’dan, sanoat va savdo vaziri Muhammad Shariatmedariy va Qatar iqtisodiyot va savdo vaziri Shayh Ahmad bin Jasim bin Muhammad Al Sani imzo qo’ydi.

Eronning poytaxti Tehronda imzolangan shartnoma dengiz va quruqlik transporti faoliyatini qulaylashtirish bilan bir qatorda, uch davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham zamin yaratadi.

Eron shartnoma asosida Turkiya va Qatar o’rtasida tranzit o’tishni ta’minlovchi davlat vazifasini o’taydi.

Shartnomaga ko’ra, mazkur uch davlat o’rtasida mushtarak komissiya tuzilishi nazarda tutilgan.

Mushtarak komissiya 3 yilda bir marta to’planib natijani muhokama qilishi qarorlashtirildi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #Qatar , #shartnoma

Aloqador xabarlar