Turkiya arakanlik musulmonlarga yordam berishni davom ettirmoqda

Bosh vazir o’rinbosari Rejep Akdag’ Bangladesh Tabiiy ofatlarga qarshi kurash va yordam ko’rsatish vaziri Mofazzal Hossain Chowdhuryni qabul qildi.

852498
Turkiya arakanlik musulmonlarga yordam berishni davom ettirmoqda

Turkiya Myanmadagi to’qnashuvdan qochgan arakanlik musulmonlarga yordam berishni davom ettirmoqda.

Mintaqaga 20 ming dona konteyner uy qurish haqida qaror qabul qilgan Turkiya buning sonini 25 ming deb o’zgartirdi.

Bosh vazir o’rinbosari Rejep Akdag’ Bangladesh Tabiiy ofatlarga qarshi kurash va yordam ko’rsatish vaziri Mofazzal Hossain Chowdhuryni qabul qildi.

Rejep Akdag’ ushbu qabul chog’ida Arakandagi musulmonlarga beriladigan yordamlarning kun tartibiga olib chiqilganligini belgilab o’tgan holda,

“Shu yilning oxirigacha Bangladeshda, arakanlik musulmonlar istiqomat qilgan mintaqada 2 ta dala kasalxonasi quramiz. Bu bilan birga 10 ta sog’liqni saqlash markazi ochiladi” dedi.

Aytib o’tish joizki yordamlar doirasida Bangladesh chegarasidagi “Cox's Bazar” lagerida yashaganlar uchun toza suv quduqlari ochish ishlarining davom etajagi qayd etildi.



Aloqador xabarlar