Turk qizil yarim oy jamiyati Iroqqa gumanitar yordam jo'natdi

Chodir, adeyal va oziq-ovqat mahsulotlariga to’la 18 ta yuk transporti Habur chegara postidan o’tib Erbilga yetib bordi.

847833
Turk qizil yarim oy jamiyati Iroqqa gumanitar yordam jo'natdi

Turk qizil yarim oy jamiyati Iroqda zilziladan zarar ko’rgan aholiga gumanitar yordam safarbarligini e’lon qildi.

Gumanitar yordamlarning bir qismi Erbil va Sulaymoniyaga jo’natildi.

Chodir, adeyal va oziq-ovqat mahsulotlariga to’la 18 ta yuk transporti Habur chegara postidan o’tib Erbilga yetib bordi.

Turkiyadan yo’lga chiqqan yana 14 ta yuk transportiga to’la gumanitar yordam mahsulotlari Sulaymoniya viloyatiga yetib bordi.

Turk qizil yarim oy jamiyati ma’lum qilishicha, gumanitar yordamlar bu bilan cheklanib qolmaydi.

Yana jo’natiladigan gumanitar yordamlar Habur chegara postidan o’tib, mintaqaga yetib keladi.

Ta’kidlash joizki, 12 noyabr kuni Eron va Iroq chegarasida kuchli zilzila sodir bo’lishi bilanoq Turk qizil yarim oy jamiyati birinchilardan bo’lib mintaqaga yordam qo’lini uzatdi.



Aloqador xabarlar