Binali Yildirim:"AQSh DAIShni yo'q qilish uchun boshqa terror guruhlaridan foydalanmoqda"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim CNN telekanalida namoyish qilingan ko’rsatuvda savollarga javob berdi.

845822
Binali Yildirim:"AQSh DAIShni yo'q qilish uchun boshqa terror guruhlaridan foydalanmoqda"

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim CNN telekanalida namoyish qilingan ko’rsatuvda savollarga javob berdi.

Ko’rsatuvda Suriya va Iroqdagi ichki urush, mintaqaviy muammolar va DAIShga qarshi kurashga e’tibor qaratgan Binali Yildirim: “Mintaqada PKK, YPG va PYD terror tashkilotlari mavjud. Ular kurd, marksist-leninist guruhlar. Turkiya uchun katta tahlika yaratmoqdalar. Qolaversa, AQSh DAIShni mag’lub etish uchun ushbu terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilmoqda. AQSh bilan terror tashkilotlari o’rtasidagi bunday hamkorlik mintaqaga tinchlik va farovonlik olib kelmaydi”,-dedi.

AQShning Eron siyosatiga doir savollarga javob bergan Binali Yildirim: “Iroqning birinchi va ikkinchi ishg’olidan beri AQSh bilan Eron munosabatlari yaxshi emas. Obama hukumati davrida BMTga doimiy a’zo mamlakatlar hamda Germaniya atom masalasi bo’yicha sanksiya shartnomasini tuzdilar. Tramp hukumati Eron bilan qarama-qarshi bo’lishga moyil. Shartnomani bekor qilishni xohlamoqdalar. Bu qonuniy ravishda mumkin emas deb o’ylayman, chunki bu ikki tomonlama emas, balki ko’p tomonlama tuzilgan shartnomadir”,-dedi.

Binali Yildirimning fikricha, bu shartnoma xususida yevropalik tomonlar AQSh bilan ayni fikrga ega emas.

“Ma’lumki, AQSh hozirda mintaqada yangi koalitsiya tuzishga harakat qilmoqda. Saudiya Arabistoni bilan Eron o’rtasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi oshkordir. Bu ikkinchi omil. Keyingi omil esa, kichik davlatlar to’planib, Qatarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarmoqdalar”,-deydi Binali Yildirim.

Bunday uslub salbiy natijalarga olib kelishini tilga olgan Binali Yildirim: “Ma’lumki, mintaqada zotan juda ko’p muammo mavjud. Suriyada va Iroqda ichki urush davom etmoqda. Bir tomondan DAISh terror tashkiloti qirg’in sodir qilmoqda. Boshqaruv yetarsiz. Hamma DAIShga qarshi kurashishga harakat qilyabdi. PKK, YPG va PYD tahdidi mavjud. Kurd, Marksist-leninist guruhlar Turkiya uchun xavf yaratmoqda. Eng achinarlisi shuki, AQSh DAIShni mag’lub etish uchun bu terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday hamkorlik mintaqaga yaxshilik olib kelmaydi”,-dedi.

Suriyadagi vaziyatga to’xtalgan Binali Yildirim: “Vatanidan judo bo’lgan 3 yarim milliondan ziyod suriyaliklar tirik qolish umidida Turkiyaga sig’indi. 6 yildan ortiq ularga boshpana bo’lib kelyabmiz. Ularni ta’lim va turar-joy imkoniyati bilan ta’minlayabmiz. Bu biz uchun juda katta yuk. Xavf ostida bo’lgan insonlarga "biz sizni qabul qilmaymiz" deya olmaymiz. Ularga har doim eshigimiz ochiq. Agar mintaqada yana boshqa bo’xron yuzaga keladigan bo’lsa, bunga kim javob beradi? Biz bundan xavotirdamiz. Aksincha, Turkiya mintaqada kuchli va barqaror davlat. Turkiya Osiyo va Yevropa o’rtasidagi jamiyatlar, jumladan  hristian va musulmon jamiyatlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan davlatdir. Turkiya har qanday terror tahlikasining Yevropaga tarqalishida, dengiz orti davlatlariga yetib borishini to’sishda katta ro’l o’ynaydi. Buni taqdirlash kerak”,-dedi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish istagini takrorlagan Binali Yildirim: “Xa albatta, Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishni xohlaydi, lekin Yevropa Ittifoqi bunga tezroq qaror berishi kerak. O’z hududini belgilashi kerak. Ular bu hududni kengaytiradimi? Yoki hristian klubi sifatida qolaveradilarmi? Bunga qaror bersinlar”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Binali Yildirim , #bosh vazir , #CNN , #DAISh , #AQSh

Aloqador xabarlar