Turkiya harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Gruziyada...

Hulusi Akar poytaxt Tbilisida Turkiya-Gruziya-Ozarbayjon harbiy bosh shtablari uch tomonlama muzokaralariga qatnashadi.

828521
Turkiya harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Gruziyada...

Turkiya harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Turkiya-Gruziya-Ozarbayjon harbiy bosh shtablari uch tomonlama muzokaralariga qatnashish maqsadida Gruziyaga safar qildi.

Turkiya-Gruziya-Ozarbayjon harbiy bosh shtablari uch tomonlama muzokaralarida uch mamlakat o’rtasida harbiy sohada va mudofaa sanoati sohasida olib borilayotgan hamkorlik jarayoni muhokama qilinadi.

Qardosh davlatlar Turkiya va Ozarbayjonning qurolli kuchlari o’rtasidagi hamkorlik nafaqat ikki mamlakat uchun, balki butun mintaqa uchun muhim ahamiyat kasb etganini tilga olgan Hulusi Akar, strategik hamkor Gruziya bilan ham yaqindan hamkorlik davom etayotganini ma’lum qildi.

Hulusi Akar poytaxt Tbilisida muhbirlarga bergan intervyusida do’st davlat Gruziyaga tashrif buyurganidan baxtiyor ekanini tilga oldi.

General Hulusi Akar Tbilisida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar