Turkiya Afg’onistonda, Tolibon tomonidan uyushtirlgan hujumni qoraladi

Tolibon tomonidan uyushtirilgan hujumda terroristlar, bomba yuklangan mashina orqali politsiya ta’lim markazini nishonga oldi.

828822
Turkiya Afg’onistonda, Tolibon tomonidan uyushtirlgan hujumni qoraladi

Turkiya Afg’onistonning Gardez shahrida uyushtirilgan terror hujumini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra terror hujumi keskin qoralandi va Afg’oniston hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etilib, tan jarohati olganlarga shifo tilandi.

Aytib o’tish joizki Afg’onistonning Gardez shahrida, politsiya markaziga qarshi uyushtirilgan hujumda jon berganlar soni birinchi aniqlashlarda 12, tan jarohati olganlar soni esa 60 nafar edi.  

Hozirda vaziyat o’zgardi va jon berganlar soni 33 nafarga yetdi, tan jarohati olganlar soni esa 200 nafardan ortdi.

Tolibon tomonidan uyushtirilgan hujumda terroristlar, bomba yuklangan mashina orqali politsiya ta’lim markazini nishonga oldi.

Jon berganlar orasida oddiy fuqarolarning ham borligi aniqlandi.  

Afg’oniston Ichki ishlar vazirligi kamida 2 terroristning o’ldirilganligini qayd etdi.

Aytib o’tish joizki ma’lumotlarga ko’ra Afg’onistonning shimolidagi Juzjan viloyatida DEASh terror tashkiloti bilan Tolibon o’rtasida to’qnashuv kelib chiqqan.



Aloqador xabarlar