Erdog’an, turk askarlarining Idlibga kirib borganligini ma’lum qildi

Turk Qurolli kuchlari askarlari kecha Suriyaning Idlib shahrida, nazorat nuqtalarini tashkil etish faoliyatlarini boshlatdi.

826429
Erdog’an, turk askarlarining Idlibga kirib borganligini ma’lum qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an turk askarlarining Suriyaning Idlib shahriga kirib borganligini ma’lum qildi.

Prezidentlik saroyida uyushtirilgan bir yig’ilishda gapirgan Erdog’an,

“Idlib bizning chegaramizda joylashgan. Shunday ekan biz tadbir olishimiz lozim” dedi.

Prezident Turk Qurolli kuchlarining Idlibda, Erkin Suriya armiyasi bilan birgalikda faoliyat olib borayotganligini qayd etar ekan,

“Bir kun to’satdan kelib qolishimiz mumkin, amaliyot boshladi. U yerdagilarga yordam berishga harakat qilyapmiz. Umid qilamizki tez kunlarda yakun topadi” deya gapirdi.

Turk Qurolli kuchlari askarlari kecha Suriyaning Idlib shahrida, nazorat nuqtalarini tashkil etish faoliyatlarini boshlatdi.

Turk Qurolli Kuchlari Bosh Shtab boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda,

“Ostona jarayoni doirasida kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvining davom etishini ta’minlash va uni kuzatish, gumanitar yordamlarni ehtiyoji borlarga yetkazish va uy-joyidan mahrum bo’lganlarning o’z uy-joylariga qaytishi uchun maqul shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida, Idlibdagi taranglikni kamaytirish uchun faoliyat olib boradigan Turk Qurolli kuchlari askarlari, 2017-yilning 8-oktabri kuni boshlagan kashfiyot faoliyatlari bilan birga, nazorat nuqtalarini tashkil etish ishlarini boshlatdi” dedi.

Bayonotda, Turk Qurolli kuchlarining mintaqadagi vazifalarini, Ostona jarayonida kafil mamlakatlar tomonidan kelishib olingan kelishuv qoidalari doirasida bajarayotganligi ifoda etildi.

 

 



Aloqador xabarlar