Prezident Erdog’an ertaga AQShga safar qiladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun ertaga 17-sentabr kuni Amerika Qo’shma Shtatlariga safar qiladi.

808347

Prezident Erdog’an 19-sentabr kuni boshlaydigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq so’zlaydi.

Shuningdek huddi ana shu kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres tomonidan uyushtiriladigan tushlik bilan birga Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump tomonidan beriladigan ziyofatda ham ishtirok etadi.

Erdog’an, Nyu-York safari doirasida Islom hamkorlik tashkilotining “Rohinga” aloqa guruhi yig’ilishi va “Turkevi” binosining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Prezident Erdog’an AQSh safari chog’ida bir qator davlat rahbarlari shu jumladan, AQSh Davlat rahbari Donald Trump bilan ham o’zaro uchrashuvlar o’tkazadi.

Erdog’an shuningdek, Amerikadagi turk va musulmon jamoalari bilan birga yahudiy tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashadi.

Aloqador xabarlar