Prezident Erdog’an ba’zi Turkiya kun tartibi masalalarini baholadi

Prezident Erdog’an maxsus bir telekanal dasturida Turkiyaning ba’zi kun tartibi masalalarini baholar ekan shu doirada eng muhim ikkita mavzuga alohida to’xtalib o’tdi.

808261
Prezident Erdog’an ba’zi Turkiya kun tartibi masalalarini baholadi

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an Iroqdagi Kurd mintaqaviy boshqaruvining joriy yilning 25-sentabri kuni o’tkazmoqchi bo’lgan referendumi to’g’risidagi qarorini tanqid qildi va vaziyatni “noto’g’ri” deya baholadi.

Erdog’an Barzaniyning, Turkiyaning referendum haqida qanday fikrda ekanligini yaxshi bilishini eslatar ekan, “Bergan bayonoti notog’ri. Chunki bizning Iroqning hududiy yaxlitligiga bo’lgan ko’z qarashimizni Barzaniy yaxshi biladi. Qolaversa Kerkuk o’zgacha mintaqa hisoblanadi. Buni bila turib amalga oshirmoqchi bo’lgan ba’zi tashabbuslarini hech qo’llab-quvvatlay olmayman. Bizning fikrimiz ma’lum lekin bu borada qanchalik qarorli ekanligimizni 22-sentabr kuni bo’lib o’tadigan Milliy xavfsizlik va Vazirlar kengashi yig’ilishimiz ortidan yana da yaqqol ko’ra oladi” deya gapirdi.

Erdog’an maxsus bir telekanal dasturida kun tartibini baholar ekan o’z so’zini quyidagicha davom ettirdi:

“Aytib o’tish joizki eng avvalo Iroq qirg’og’ida, 350 kilomtrlik chegarasi bo’lgan davlat biz bo’lamiz. Bir tomondan Iroq, ikkinchi tomondan Eron, uchinchi tomondan esa Suriya. Suriyaning qanday vaziyatda ekanligi hammaga ma’lum. Shunday ekan bizning niyatimiz albatta Iroqning hududiy yaxlitligini himoya qilishdir. Eron ham huddi shunday fikrda. Bunga qaramay siz mustaqil davlat e’lon qilish payiga tushgan bo’lsangiz unda aybga buyurmang buni hech kim qo’llab-quvvatlay olmaydı. Iroqda turkmanlar bor... janubida yani Mosulda esa arablar... Siz ularni ko’rmaslikga olomaysiz. Bunga qaramay hech kim osonlikcha, Iroqning hududiy yaxlitligi uchun xavf tug’diradigan qadam tashlanishiga yo’l qo’yolmaydi. Iroqning markaziy hukumatining fikri ham shunday” dedi.    

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenbergning Turkiy-Rossiya o’rtasidagi S-400 zenit-raketa shartnomasi haqidagi bayonotiga ham to’xtalgan Erdogan bu haqida:

“Aslida Stoltenberg NATOning bu boradagi qoidasini yana-da aniqroq o’rtaga qo’ydi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bir necha yil muqaddam Gretsiya S-300 oldi. Bunga hechkim qarshilik ko’rsatgani yo’q. Biz shartnomaga qo’l qo’yganimizdan beri hamma bezovta. Bizga NATO tarkibidagi mamlakatlardan bunday yordam ko’rsatildimi? Albatta yo’q. Aslida biz talab qildik lekin yordam ko’rsatilmadi. Shunday ekan biz o’z muammomizni hal qilishimiz darkor. Kelajakda buning boshqacha turlarini, boshqacha ravishda davom ettiramiz” dedi.    


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar