Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi direktor tayinlandi

Turk Qizil yarim oy jamiyatining bosh direktori Dr.Mehmet Gulluo'g'li Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga direktor etib tayinlandi.

787260
Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi direktor tayinlandi

Turkiya Bosh vazirlik qoshidagi Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi direktor tayinlandi.

Turk Qizil yarim oy jamiyatining bosh direktori Dr.Mehmet Gulluo'g'li Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga direktor etib tayinlandi.

Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining internet saytida o'rin olgan ma'lumotga ko'ra, yangi lavozimni qabul qilib olgan Gulluo'g'li Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo'lim rahbarlari ishtirokida brifing o'tkazdi.

2013-2017 yillarda Turk Qizil yarim oy jamiyatining bosh direktori lavozimida xizmat ko'rsatgan Dr.Mehmet Gulluo'g'li dunyoda ko'plab notinch davlatlarda mehnat qildi.

Shuningdek, Turkiyadagi suriyalik qochqinlar, migrantlar va muhtoj oilalar bilan bog'liq gumanitar loyihalarda faol o'rin oldi.

 

 



Aloqador xabarlar