Ibrahim Eren, TRTning Bosh direktorlik lavozimiga tayin qilindi

Erenning tayini Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan tasdiqlanib, rasmiy gazetada chop etildi.

767548
Ibrahim Eren, TRTning Bosh direktorlik lavozimiga tayin qilindi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) ning Bosh direktorlik lavozimiga TRT Bosh direktori o’rinbosari Ibrahim Eren tayin qilindi.

Erenning tayini Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan tasdiqlanib, rasmiy gazetada chop etildi.

TRT Bosh direktorlik lavozimi uchun amalga oshirilgan roppa-rosa 56 murojaat orasidan aniqlangan 3 kishidan biri bo’lgan Ibrahim Eren, Vazirlar kengashining saylovi ortidan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan tasdiqlanib, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi ning 17-Bosh direktori bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.

Eren, 2013-yilning iyul oyidan beri Turkiya Milliy teleradiokompaniyasida Bosh direktor o’rinbosari vazifasini yuritib kelayotgan edi.



Aloqador xabarlar