Prezident Erdog’an Angliya Bosh vaziri Theresa May bilan uchrashti

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Angliya Bosh vaziri Theresa May bilan telefon orqali uchrashti.

763968
Prezident Erdog’an Angliya Bosh vaziri Theresa May bilan uchrashti

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Angliya Bosh vaziri Theresa May bilan telefon orqali uchrashti.

Prezidentlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra ushbu uchrashuvda o’zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy masalalar doirasida Kipr konferentsiyasi jarayoni haqida fikr almashilgan.

Shuningdek Erdog’an bilan May Kipr muzokaralarida muammolarning, odilona ravishda hal qilinishining ahamiyatini ta’kidlagan.

Uchrashuvda iqtisodiy munosabatlar va mudofaa sanoati bosh bo’lish bilan birga o’zaro munosabatlarni mustahkamlash to’g’risidagi qarorliliklarini ham tasdiqlab olgan ikkala lider, har qanday terrorga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni yana-da orttirmoqchi ekanliklarini qayd etishni ham chetda qoldirmagan.

Ikkala lider uchrashuv yakunida joriy yilning 7-8-iyuli kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida bo’lib o’tadigan G-20 sammitida yuzma-yuz uchrashajaklarini ham belgilab olar ekan Agliya Bosh vaziri Theresa May shu fursatdan foydalanib, terror tashkilotlarining oxirgi kunlarda Adolat va taraqqiyot partiyasi tuman raisi o’rinbosarlariga qaratgan suyuqasdlarini qoralab, Prezident Erdog’anga bu boradagi chuqur ta’ziyalarini izhor etgan.



Aloqador xabarlar