Turkiyada, oxirgi bir hafta mobaynida 53 nafar terrorist yo’q qilindi

Turkiya terrorga qarshi kurashishni uzluksiz davom ettirar ekan oxirgi bir hafta mobaynida shu doirada roppa-rosa 53 nafar PKK a’zosi yo’q qilindi.

758460
Turkiyada, oxirgi bir hafta mobaynida 53 nafar terrorist yo’q qilindi

Turkiya terrorga qarshi kurashishni uzluksiz davom ettirar ekan oxirgi bir hafta mobaynida shu doirada roppa-rosa 53 nafar PKK a’zosi yo’q qilindi.

Turkiyaning Shirnak, Hakkari, Diyarbakir, Bingo’l, Elazig’ va Siirt viloyatlarida uyushtirilgan amaliyotlarda yo’q qilingan terroristlardan 3 nafari tashkilotning “liderlar kadri” ro’yhatidan o’rin olgan edi.

Amaliyotlarda ko’plab qurol-yaroqlar bilan portlaguvchi moddalar qo’lga kiritildi.

Terroristlar tomonidan foydalanilgan 58 ta boshpana, g’or va omborxona vayron qilindi.

Terror tashkilotining eng muhim moliyaviy manbaalaridan biri hisoblangan giyohvand moddalarning ishlab chiqarilishi, savdosi va kontrabandaga qarshi kurash olib borish amaliyotlari va chegara liniyalarida olingan chora-tadbirlar natijasida ko’plab giyohvand modda qo’lga kiritildi. Roppa-rosa 7 ming 400 litr suyuq yoqilg’i bilan 34 ming 480 pachka sigaret olib qoyildi.

Noqonuniy yo’llardan o’tishga harakat qilgan 7 ming 851 kishi qo’lga tushdi.

Aytib o’tish joizki terrorga qarshi kurash doirasida Iroqning shimolidagi Nirva Seytu tog’ining g’arbida 4 xonali, 35 metr uzunligidagi, qazish ishlari hali hanuz tamomlanmagan 4 yo’lakdan iborat bir g’or topildi.

PKK terror tashkiloti oxirgi kunlarda eng og’ir zarbaga duch kelgan, a’zolarining ko’pchiligidan ayrilgan, yangi a’zolar topolmagan, ayniqsa lider kadridagi yo’qotishlari oqibatida qiyin ahvolda qolgan.

Suriyaning shimolida amalga oshirilgan amaliyot doirasida ham Azez va Jarablus o’rtasidagi 243 turar-joy va 2 ming 15 kvadrat kilometrlik maydon nazorat ostiga olingan.

Suriyaning al-Bob tuman markazi bilan birga Kabbasin va Bzagah mintaqalarida atrof-muhitni portlaguvchi modda va minalardan tozalash faoliyatlari olib borilgan. PKK/ PYD a’zosi terroristlarning Afrindan sharqga, Manbijdan g’arbga qarshi hujum qilish ehtimoliga qarshi chora va tadbir ko’rish faoliyatlariga esa davom etmoqda. .   

 



Aloqador xabarlar