Binali Yildirim,ko'chmanchilar mavzusida mulohaza bildirdi...

Binali Yildirim, Turkiyaning ko'chmanchilar mavzusida zimmasiga tushganini a'lo ravishda bajarganini bildirdi.

756474
Binali Yildirim,ko'chmanchilar mavzusida mulohaza bildirdi...

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiyaning asosan ko'chmanchilar mavzusida zimmasiga tushganini a'lo ravishda bajarganini bildirdi.

Anqaraning ko'chmanchilar mavzuli kelishuvini, insoniy bir vaziyat sifatida baholagan Yildirim, "U insonlarning dengizda yuqolib ketishiga ko'z yumib bo'lmaydi" dedi.

Binali Yildirim, Afina va G'arbiy Frakiyadagi uchrashuvlari ortidan Turkiyaga qaytar ekan, samolyotda kun tartibidagi mavzular haqida bayonot berdi.

Yildirim; "Biz ko'chmanchilardan foydalanmadik. Lekin Turkiyaning ham kuchi ma'lum. Yevropa Ittifoqi buni ko'rishi kerak" dedi.

Bosh vazir Yildirim, Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chiprasning, Fethullah terror tashkilotining 15 Iyul davlatni to'ntarish tashabbusidan keyin, Yunonistonga qochib ketgan kishilarni qaytarib bermagani bilan aloqali bayonotlarini samimiy deb baholaganini bildirdi.

Chiprasning "Qiladigan boshqa ishimiz yo'q" deganini tushuntirgan Yildirim, "To'ntaruv harakatlari bilan aloqali tushunchalari, bizlar jihatidan ijobiy. Ya'ni bizning tushunchamizga yaqin, ham to'ntaruvga qo'shilganlarning begunoh bo'lganini o'ylamaydilar. Lekin bu mavzuda dastak bo'lishlarini bildirdilar" dedi.

 Yildirim, Turkiya bilan Yunoniston siyosiylari o'rtasida to'g'ridan uchrashuvlarni boshlatib taranglikni oldi olinishini izohladi.



Aloqador xabarlar