Falastin hukumati va xalqi yolg’iz emas

Turkiya Falastin hukumati va Falastin xalqini qo'llab-quvvatlash uchun yordam qo'lini cho'zishni davom ettirmoqda.

756089
Falastin hukumati va xalqi yolg’iz emas

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra 10 ming tonnalik uchinchi yordam mahsulotlari kelasi kunlarda G’azoda bo’ladi.  

Yozma ravishda berilgan bayonotda shuningdek, Falastin hukumatining umumiy byudjetiga grant miqdori 10 million AQSh dollarini tashkil etgan yordam puli ajratish to’g’risida qaror qabul qilinganligi qayd etildi.

Mintaqadagi elektr muammosini hal qilishga harakat qilgan Turkiya, yo’qilgi uchun 5 million AQSh dollari ham ajratdi. Muammoni doimiy ravishda hal qilish uchun esa quyosh panellarini joylashtirish faoliyatlari davom etmoqda.  

Turkiya nomidan mintaqaga yordam qo’lini cho’zayotgan Turk Qizil yarim oy jamiyati ham, Falastin Qizil yarim oy jamiyati bilan hamkorlik ichida G’azaoda, 15 ming tonnalik oziq-ovqat qutisi va an’anaviy hayitlik sovg’alarini tarqatishni davom ettirmoqda.  

Bayonotda shuningdek, Turkiyaning, turk xalqining Falastin davlati va Falastin xalqini qo’llab-quvvatlashni davom ettirajagi ham ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar