Turkiyaning Hakkari viloyati tog’liq hududlarida jangovar operatsiya...

Hakkarida terror tashkiloti PKK va KJK (Kurdiston jamiyatlar birligi)ning ekstremist faoliyatlari aniqlandi.

741090
Turkiyaning Hakkari viloyati tog’liq hududlarida jangovar operatsiya...

Turkiyaning Hakkari viloyati tog’liq hududlarida terror tashkiloti PKKga qarshi jangovar operatsiya o’tkazildi.

Operatsiyada 3 ta terrorist o’ldirildi.

Hakkari viloyati hokimiyati ma’lum qilishicha, Shahar jandarm qo’mondonligi va xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan terror tashkiloti PKK va KJK (Kurdiston jamiyatlar birligi)ning ekstremist faoliyatlari aniqlandi va buni oldini olishga doir qattiq chora ko’rilmoqda.

Terroristlarning ekstremist faoliyatlarini to’xtatish maqsadida Kavakli qishlog’ida operatsiya o’tkazildi.

“Terroristlarga qarshi olib borilgan jangovar havo operatsiyasi natijasida, kamida 3 ta terrorist o’ldirildi. Mavzu yuzasidan adliy tekshiruvlar davom etmoqda”,-deyiladi Hakkari viloyati hokimiyati bayonotida.

 

 



Aloqador xabarlar