Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 19-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida 16-aprel kuni Turkiyada bo’lib o’tgan referendum haqida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobatdagi ba’zi iddiolar haqida so’z qilamiz.

730178
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 19-qism

Aziz eshittirishimiz muxlislari,

Turkiya, konstitusiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risida 16-aprel kuni referendum o’tkazdi. Referendum ortidan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bu haqida hisobot tayyorladi. Hisobotning yirik qismi esa faqatgina iddiolardan iborat. Buning uslubi va iddiolar esa YeXHT kabi xalqaro yirik bir tashkilotga “yarashmadi” desak, hech mubolag’a bo’lmaydi.  

Referendum uchun YeXHT Turkiyaga 73 nafar kuzatuvchi yubordi. Mustaqil va xolis bo’lishi kerak bo’lgan bu kuzatuvchilar afsuski bu xususiyatlardan ancha iroq edi. Ulardan Germaniya fuqarosi Andrej Hunko, Ispaniya fuqarosi Lorena Lz de Lacalle, Avstriya fuqarosi Zerife Yatkin kabi kuzatuvchilarning PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganligini va referendumoldi tashviqot faoliyatlari jarayonida saylovchilarni referendumda “qarshi” ovoz berishga undagan tadbirlarda faol ishtirok etganligini ko’rdik. YeXHT tomonidan tayyorlangan hisobotda faqatgina “referendumda qarshi ovoz berish” tashviqoti olib borgan siyosiy partiyalarning argumentlari o’rin olgan. YeXHT hisoboti qo’lga olib o’qilganida uning, marginal guruhlar tomonidan yozilganligini tushunib yetish qiyin emas.

YeXHTning iddio qilishicha referendumning muhim mavzulari haqida saylovchilarga xolis ravishda ma’lumot berilmagan va nodavlat tashkilotlar ishtirok etmagan. Bu albatta noto’g’ri. Oxir-oqibat bunday saylovlarda xolis ma’lumot tayyorlash davlatning emas, nodavlat tashkilotlar bilan ommaviy axborot vositachilarining vazifasidir. Turkiyaning davlat tashkilotlari bu boradagi say-harakatlarga monelik qilgani yo’q va omv-ning xolis ma’lumot tayyorlashi uchun kerakli shar-sharoitni tuzib berdi. Masalan Turkiyadagi eng kuchli nodavlat tashkilotlardan biri Turkiya Huquqshunoslar ittifoqi “referendumda qarshi ovoz berish uchun” yurt boylab keng ko’lamli tashviqot faoliyatlari olib bordi.   

YeXHTning iddiosiga ko’ra Turkiyadagi saylov qonunchiligi, xalqaro kuzatuv va hech qaysi partiyaga a’zo bo’lmagan fuqarolarning saylovda kuzatuvchilik qilishiga ruxsat bermaydi. Bu assosiz iddiodan iborat. Chunki Turkiyada bunday qonun ham, qoida ham yo’q. Qolaversa bunday cheklov ham… Amaldagi saylov qonunchiligi va Oliy Saylov komissiyasining qarorlari tarkibida hech qaysi partiyaga a’zo bo’lmagan fuqarolarning saylov uchastkasida bo’lishi va saylov uchastkasida kuzatuvchilik qilishlik uchun murojaat etishiga monelik qiladigan hech qanday tartib-qoida yo’q. YeXHT tomonidan yuborilgan kuzatuvchilarning bunday iddiolarni o’rtaga tashlashi afsuski faqatgina bir hiyla qilish maqsadinigina o’z ichiga qamrab olgan.  

YeXHTning yana bir iddiosiga ko’ra ommaviy axborot vositasida ommaviy axborot vositalari xolis ma’lumot tarqatolmagan va ularga qaratilgan cheklovlar saylovchilarning fikrining olinishiga monelik qilgan. Bu ham albatta noto’g’ri. Chunki onlab ko’p tirajli gazeta bilan onlab muhim telekanallar “referendumda qarshi ovoz berish” uchun uyushtirilgan tashviqotlar to’g’risidagi ma’lumotlarga faol ravishda keng o’rin berdi. Shuningdek Yevropa ommaviy axborot vositalari bosh bo’lish bilan birga G’arb mediasining deyarli hammasi “referendumda qarshi ovoz berish” uchun tashviqot yuritdi. Yevropadagi Turk saylovchilarni referendumda “qarshi ovoz” berishga undadi va ularga bosim o’tkazdi.

YeXHTning yana bir iddiosiga ko’ra referendumda konstitutsiya uchun taklif qilingan moddalarning hech qaysisi saylov byulletenlarida o’rin olmagan va saylovchilardan osonlikcha “ha” yoki “yo’q” deyishlari talab qilingan. Bu iddioga qaraganda YeXHTning Yevropa ittifoqining referendum tartib-qoidalaridan bexabar. Chunki Yevropa ittifoqiga a’zo bir necha davlatda bo’lib o’tgan referendumda saylovchining “ha” yoki “yo’q” deyishlarigina talab qilingan. Bu degani, bir masalani plebistsit yo’li bilan hal qilish deganidir. Plebistsit usulidan ayniqsa, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritishga atalgan referendumlarda foydalaniladi. YeXHTning bu tanqidi ostida yaxshi niyat borligiga ishonch hosil qilish murakkab albatta. Chunki referendum paketi bundan to’rt oy oldin Turkiya Buyuk Millat Majlisiga taqdim etildi va Majlisda qabul qilinganidan keyin deyarli har kuni, har bir platformada muzokara qilindi.  

YeXHTning yana bir iddiosiga ko’ra referendum insonlarning eng asosiy erkinliklari cheklangan paytda, Favqulodda vaziyat chog’ida o’tkazilgan. Albatta YeXHTning bu iddiosi ham oldingi iddiolaridek noto’g’ri. Eng avvalo shuni aytib o’tish joizki Favqulodda vaziyat dunyoning barcha demokratik huquqiy davlat tartiblarida kerakli vaziyatlarda yo’lga qo’yilgan usul qoidalaridan biri. Davlatlar demokratiyaga xavf tug’dirgan unsurlarga qarshi jamoat tartibining himoya qilinishi, asosiy huquqlar va erkinliklarning kafolatga olinishi uchun kerakli qonuniy chora-tadbirlarni ko’rish huquqiga ega. Turkiya Respublikasida yuz bergan to’ntarish tashabbusi bilan PKK/ DEASh/ FETO kabi ko’plab terror tashkilotlari mamlakatda Favqulodda vaziyat e’lon qilishga majbur qilmoqda.  Favqulodda vaziyat insonlarning kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani yo’q. U faqatgina terrorga qarshi kurash maqsadida yo’lga qo’yilmoqda. Favqulodda vaziyat doirasida insonlarning saylash va saylanish huquqi bosh bo’lish bilan birga siyosiy huquqlariga qarshi ham hech qanday cheklov qo’yilmagan. Boshqa tomondan olib qaragudek bo’lsak Fransiyada beshinchi marotaba e’lon qilingan va 2017-yilning 15-iyuligacha davom etadigan Favqulodda vaziyat jarayonida bo’lib o’tgan va bo’lib o’tadigan saylovlar haqida YeXHT bugungacha hech og’iz ochmadi lekin Turkiyadagi Favqulodda vaziyat masalasini to’xtamay kun tartibiga olib chiqisihi, ochiq aytganda bizni, “bu vaziyat yomon niyatning ko’rsatkichi” degan fikrga yetaklamoqda.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar