Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Londonda AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis bilan uchrashdi

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bilan Londonda amalga oshirgan uchrashuvini unumli, do’stona va samimiy deb baholadi.

730808

Jim Mattis ushbu so’zlarni Amerikaga oid harbiy samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, tilga oldi.

AQSh Turkiyaning terror tashkiloti PKK haqidagi xavotirini tushunib yetganini aytgan Mattis terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda Turkiyani qo’llab quvvatlaganini ilgari surdi.

“Bu masalaning uddasidan chiqamiz. Turkiya va NATO xavfsizligiga va terror tashkiloti DAIShga qarshi olib borilayotgan operatsiyaga zarur ahamiyatni bergan holda ishonchni oqlaymiz. Bundan shubha qilmayman”,-dedi Jim Mattis.

Jim Mattisning aytishicha, Turkiyaning dushmani bo’lgan terror tashkiloti PKKga hech qachon qurol berilmagan va hech qachon berilmaydi.

Ma’lumki, Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Londonda Angliya va BMT mezbonligida bo’lib o’tgan Somali konferensiyasiga qatnashgan edi.

Mazkur konferensiya doirasida AQSh Mudofaa vaziri Mattis bilan uchrashgan edi.

Suhbat chog’ida, Mattis Amerikaning NATO ittifoqdoshi bo’lgan Turkiyani himoya qilishga sodiqligini tilga olgandi.

Aloqador xabarlar