Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Fransiyaning yangi prezidenti Makronni tabrikladi

Erdo’g’an Fransiyada prezidentlik saylovida g’alaba qozongan Emmanuel Makronga qo’ng’iroq qilib, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

728435
Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Fransiyaning yangi prezidenti Makronni tabrikladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makronni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Erdo’g’an Fransiyada prezidentlik saylovida g’alaba qozongan Emmanuel Makronga qo’ng’iroq qilib, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Erdo’g’an muloqotda Fransiyadagi saylov natijalari Yevropa Ittifoqining kelajagiga doir umid paydo qilganini ta’kidladi.

Shu yilning 25 may kuni Belgiyaning poytaxti Brusselda o’tkaziladigan NATO sammitida yuzma-yuz uchrashishga kelishib olgan Erdo’g’an bilan Makron, Turkiya va Fransiya munosabatlarini har sohada rivojlantirish xususida qat’iyligini tilga oldilar.

Erdo’g’an va Makron kelgusi jarayonda Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi munosabatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishning ahamiyatiga to’xtaldi.

 

 



Aloqador xabarlar