Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 18-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida “1915-yil voqealari”ni xalqaro huquq jihatidan qo’lga olamiz.

725727
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 18-qism

Aziz dasturimiz muxlislari deyarli har yilning aprel oyining oxirgi haftasida bir xil voqealarga guvoh bo’lib kelmoqda. Shu doirada Birinchi Jahon urushi chog’ida Usmoniy davlati tarkibida yuz bergan voqealar to’g’risida dunyoning turli davlatlari, tashkilotlari, kishilari tomonidan nashrlar chop etilib, bayonotlar berilib kelinmoqda. Ular orasidan armanlar yoki armanlar o’rtaga tashlagan fikrni himoya qilganlarning ko’pchiligi tarixchilardir va ular ham voqeani “genotsid” deya baholamoqda. Turklar yoki turklar fikrini himoya qilganlarning ko’pchiligi ham masalani tarix jihatidan baholamoqda lekin Tehcir yani majburlab ko’chirish qonuni jihatidan voqeaning “genotsid” deb hisoblanmasligi kerakligni himoya qilmoqda.  

Uzoq yillar oldin yuz bergan voqealarni tushinib yetish jihatidan tarixiy perspektiva judayam muhimdir. Lekin “genotsid” tushunchasi xalqaro huquq sohasiga kiradi. Shunday ekan tarixchi yoki siyosatchilarning bu haqidagi tahlili ba’zi kamchiliklarga yo’l ochmoqda. Mavzu haqida bayonot berganlar o’zlarining ko’z qarashida turli raqamlarda o’lim bilan yakun topgan voqealarni “genotsid” deya baholamoqda. Holbuki “genotsid” xalqaro jinoyat sifatida faqatgina qonun doirasida baholanishi mumkin. “Genotsid” jinoyatining huquqiy asosi 1948-yili BMT Bosh Assambleyasining 260 sonli qaroriga binoan, “Genotsid jinoyatining oldini olish va unga qo’l urganlarni jazoga tortish” shartnomasi ostida mustahkamlab qoyilgan.

Armanlar Usmoniy davlatining tuproqlari ustida avvalom bor avtonom, ortidan mustaqil davlat qurish uchun siyosiy va qurolli faoliyatlar olib bordi. Shu tufayli ular siyosiy guruh hisoblanadi va shartnomaning ikkinchi moddasi tomonidan himoya qilingan to’rtta guruh tarkibiga kirmaydi. Davrning Usmoniy hukumatida, shartnomaning ikkinchi moddasida talab qilingan yo’q qilish qasdining borligi haqida hech qanday iroda ham, ifoda ham yo’q. Yo’q qilish niyatini ispot qilguvchi yozma ravishdagi yoki og’zaki hujjatlar bo’lmaganidek barcha hujjatlar armanlarning himoya qilinishini va bemalol yashashlarini o’rtaga qo’ymoqda.

O’lgan armanlarning soni, genotsidni isbot qilishdan ancha yiroq va ularning aslida Tehcir yani yuqorida ham aytib o’tganimizdek majburlab ko’chirish qonuni doirasida emas, batamom boshqa sabablardan o’lganligi ma’lum. Huddi shunday sabablar bilan mintaqada o’lgan turklarning soni armanlarga qaraganda yana da ko’proq. Bu jihatdan qaraganimizda bu vaziyat Tehcir qonuni doirasida yashirin yoki bilvosita genotsid hisoblanmaydi yani “genotsid” emas. Huquqiy jihatdan “odambolasiga qarshi qo’l urilgan jinopyat” kategoriyasiga kirmaydi.

Chunki Tehcir qonunining yo’lga qoyilishi chog’ida Rim statusining yettinchi moddasida talab qilingan shartlarga yo’l qoyilgani yo’q.

Tehcir qonuni armanlarni kuch bilan joyidan qozg’ashni, ko’chirishni ko’zda tutgani yo’q. Ularni diniy yoki boshqa bir sabab bilan qatl etmoqchi ham bo’lmadi. Ushbu qonun harbiylarning xavfsizligini ta’minlash uchun chiqarildi. Eng avvalo armanlarning rus askarlari bilan til biriktirib (Huddi Bolqon urushlarida bo’lganidek) turk-musulmon xalqiga qarshi qatliom uyushtirishlariga monelik qilish maqsadida paydo bo’ldi.

Urush chog’ida maydonda o’rtaga chiqqan ozgina hokimiyatsizlikdan, mintaqadagi ba’zi qoroqchilarning foydalanganligini yaxshi bilamiz. Mintaqadagi qoroqchilar, o’zlarining xususiy maqsadi ustidan ko’chib ketayotgan armanlarga qarshi hujum qildi va ularni o’ldirib mol-mulkini taladi.   

Uch boshqa maydonda kurash olib borayotgan Usmoniy davlati o’z qo’lidagi ozgina jandarmeriya kuchlari bilan ba’zan armanlarning hammasini yetarlicha himoya qilolmadi. Shunga o’xshash iqlim, hudud, ochlik, dori-darmonsizlik va kasallik yuzasidan ko’chib o’tishda qiynalgan turklarning o’lim voqealarining armanlarga qaraganda yana-da ko’proq bo’lishi ham Tehcir qonunida, bilvosita yo’l orqali yo’q qilish maqsadining yo’qligini ko’rsatmoqda.

Shuningdek davlat nazarida, noxush voqealarga qarshi pushaymonlik va hujumchilarga qarshi g'azab tug’ilganligi ham ma’lum. Shunday ekan, nomi jinoyat kategoriyasiga kirgan o’g’ri va odam o’ldirgan jinoyatchilar urush tugamasdanoq, allaqachon javobga tortilib, ulardan ko’pchiligi o’lim jazosiga tortilgan.

Mavzu bugungi kunning tarihiy va huquqiy voqeasi bo’lishga qaraganda ko’proq siyosiy xodisalarga aylantirildi. Bugun Xalqaro siyosatda Turkiyaning rivojlanishini xohlamagan, Turkiyani o’ziga raqib deb bilgan va Turkiya olib borgan tashqi siyosatni o’ziga qarshi xavf deya qabul qilgan davlat yoki tashkilotlar bu masalani Turkiyaga ziyon yetkazish maqsadida foydalanish niyatida. Bu mavzuning har yili kun tartibiga olib chiqilishining yakkayu-yagona sababi mana shundangina iborat.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar