Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi

TBMM raisi Numan Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.

2142375
Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush, cherkes surgunining 160 -  yilligi munosabati bilan voqea qurbonlarini yodga oldi.

Kurtulmush, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida:

“Ona vatanlaridan mahrum qilinishining 160 – yilligida, cherkes birodarlarimizning dardini chin dildan his qilmoqdamiz. Surgun paytida hayotdan ko‘z yumgan gunohsiz insonlarni rahmat ila yodga olaman. Ortda qolgan nevaralari dardiga sherikman. Insonlik tarixining uyatli sahifalaridan biri bo‘lgan Buyuk cherkes surgunini unutmadık, unutmaymiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bundan 160 yil muqaddam Chor Rossiyasi, Kavkaz hududida yashovchi cherkeslarni o‘ta og‘ir sharoitlarda o‘z vatanlaridan mahrum qilar ekan, surgun paytida ko‘pchilik hayotdan ko‘z yumgan edi.



Aloqador xabarlar