Erdog’an,“Istanbul Yoshlar festivali”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an,“Istanbul Yoshlar festivali”ning ochilish marosimida ishtirok etar ekan u yerda, ijtimoiy media orqali, shaxsi nomidan boshlatilgan muzokaralarga javob berdi.

726141
Erdog’an,“Istanbul Yoshlar festivali”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ijtimoiy mediada, shaxsi nomidan boshlatilgan muzokaralarga javob berdi;

“Mening nomimdan faqatgina voizim gapiradi. Voizimdan tashqari gapirganlar fitna yaratmoqda” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning Istanbul viloyati, Yenikapi tumanida uyushtirilgan “Istanbul Yoshlar festivali”ning ochilish marosimida ishtirok etar ekan u yerda so’zlagan nutqida, hechkimni yakkalamaganliklarini eslatib,

“Biz 80 millionlik aholining ko’nglini olish say-harakati ichidamiz. Buni albatta amalga oshiramiz. Bugun biz bilan yo’lga chiqmaganlar, ertaga chiqishlari ham mumkin. Ularning ham ko’nglini olishga harakat qilamiz.” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an,

“Agar kimlardir bizni bezovta qilayotgan bo’lsa unda bir kunmas-bir kun, kutilmagan joydan yoniga borib qolishimiz mumkin. Hamma o’z o’rnini bilsin. Hechkim bu xalqga, bu hududda noto’g’ri muomala qilolmaydi” deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar