Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo'g'an o'rtasida muzokaralar boshlandi

Davlat rahbarlari Suriya muammosini, kimyoviy qurol borasidagi savollarni hamda boshqa dolzarb xalqaro masalalarni muhokama etishi nazarda tutilgan.

725116
Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo'g'an o'rtasida muzokaralar boshlandi

Sochi shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar boshlandi.

Davlat rahbarlari Suriya muammosini, kimyoviy qurol borasidagi savollarni hamda boshqa dolzarb xalqaro masalalarni muhokama etishi nazarda tutilgan.

Ikki davlat rahbari o’zaro uchrashuv oldidan matbuotga intervyu berdi.

Erdo’g’an: “Avvalombor aziz do’stim Putinning bu taklifi uchun minnatdorchilik bildiraman”,-deya so’zini boshladi.

Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalar atroflicha muhokama qilinishini aytgan Erdo’g’an: “Zimmamizga katta mas’uliyatlar yuklangan murakkab davrni boshimizdan o’tkazyabmiz. Men shunga ishonamanki, Rossiya va Turkiya tomonidan Sochida rejalashtiriladigan faoliyatlar mintaqa taqdirini o’zgartiradi”,-dedi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Turkiya-Rossiya aloqalari o’ziga xos ahamiyatga ega ekanini aytdi.

“Taklifimizni qaytarmasdan Sochiga kelganingiz uchun katta rahmat. Aloqalarimiz kelishib olganimizdek ijobiy davom etmoqda. Ish yuzasidan uchrashib turar ekanmiz, o’zaro munosabatlarimizni, qolaversa Suriya va boshqa dolzarb xalqaro masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Bundan mamnunman”,-deya ta’kidladi Putin.

Vladimir Putin: “Janob Erdo’g’an siz bilan bo’lgan uchrashuvlarimiz, Turkiya-Rossiya aloqalarining yaxshilanishidan so’ng, yana ham muhim ahamiyatga ega bo’lganidan dalolat beradi. Rossiyaga xush kelibsiz!”.

Turkiyada bo’lib o’tgan referendum natijalari tufayli Erdo’g’anni tabriklagan Putin: “Turkiyadagi ichki siyosiy vaziyatning ijobiy tomonga o’zgarishi Turkiya-Rossiya munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, siz bilan hamkorlikda olinadigan qarorlarning aksariyati strategik ahamiyatga ega bo’lgani sababli parlamentlarimiz tomonidan tasdiqlanishi kerak”,-dedi.

Erdo'g'an ham o'zaro munosabatlar qayta tiklanganidan mamnunligini bildirgan.



Aloqador xabarlar