Prezident Erdog’an Erhan Chelikning Turkiya kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan jonli efir orqali namoyish etilgan bir dasturda jurnalist Erhan Chelikning Turkiya kun tartibi haqidagi savolariga javob berdi.

713156
Prezident Erdog’an Erhan Chelikning Turkiya kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Yevropa ittifoqining o’rtacha o’sish sur’atining yiliga 1.8-1.9 foizni tashkil etganligini, Turkiyada esa buning 2.9 foizligini eslatib, Turkiyaning yana da ilgari qarab yo’l olajagini qayd etdi.  

Erdog’an, 

“Turkiya iqtisodiyoti rivojlanib bormoqda. Biz bu bilan cheklanib qolmaymiz, o’z yo’limizni qarorlilik bilan davom ettiramiz” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan jonli efir orqali namoyish etilgan bir dasturda jurnalist Erhan Chelikning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.  

Prezident Erdog’an ushbu dasturda Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat tuzilmasining to’daboshi Fetullah Gulen masalasiga ham to’xtalar ekan bu haqida quyidagi so’zlarni tilga oldi:

“AQSh u firibgarga panoh bo’laman deb o’g’rimagan boshiga dart ottirmasligi kerak. Albatta u firibgarning barcha bolalari ham o’zi bilan birga Amerikada. O’zlariga qarorgoh ham qurib olganlar. Charter maktablardan yiliga 750 million AQSh dollaridan daromad olmoqdalar va ularning barchasi soxta daromadlar. Uning qayerda, nima uchun foydalanilganligi ham aniqlandi. Bu haqidagi ma’lumotlarning, hujjatlarning hammasi 80-85 qutida yuborildi. Lekin nimagadir ularni haligacha ichkariga olmaganliklari esa odamni o’ylantiradi” dedi.   



Aloqador xabarlar