Binali Yildirim:"Gulen harakati a’zolari uchun Germaniya ishonchli boshpanaga aylandi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, harbiy isyondan keyin xorijga qochganlar asosan, Germaniyadan boshpana talab qilganini, chunki Germaniya ularning ishonchli davlatiga aylanganini ta’kidladi.

711762
Binali Yildirim:"Gulen harakati a’zolari uchun Germaniya ishonchli boshpanaga aylandi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Fathulloh Gulen harakati a’zolari uchun Germaniya ishonchli boshpanaga aylanganini aytdi.

U AQSh prezidenti Donald Trampning “Bu harbiy to’ntaruvdir va R.T.Erdog’an to’ntaruv tashabbusini bostirdi” degan so’zini eslatar ekan, Tramp Turkiyadagi hodisalarni tushunib yetganidan ishonchi komil ekanini tilga oldi.

Fathulloh Gulen harakatiga a’zo terroristlarning Germaniyadagi faoliyatlari juda kengayib borayotganini aytgan Binali Yildirim, harbiy isyondan keyin xorijga qochganlar asosan Germaniyadan boshpana talab qilganini, chunki Germaniya ularning ishonchli davlatiga aylanganini ta’kidladi.

Ma’lumki, Turkiya hukumati Pensilvaniyada yashagan Fathulloh Gulen harakati liderini Turkiyaga qaytarish talabi bilan Amerikaga huquqiy hujjatlarni jo’natgan va hozirda Turkiya rasmiylari Amerikadan javob kutmoqda.

“Amerikaning yangi hukumatidan masalaga yana ham e’tiborli yondashishini xohlaymiz. Buni har fursatda tilga olyabmiz”,-deydi Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim.

 



Aloqador xabarlar