Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu,Turk olamining kuchlarini birlashtirishga boshlaganlarini aytdi.

Antalyadagi  uchrashuvlarini davom ettirgan Chavusho’g’lu, Alanyada yurtdoshlar bilan uchrashdi.

709139
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu,Turk olamining kuchlarini birlashtirishga boshlaganlarini aytdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Turk olamining kuchlarini birlashtirishga boshlaganlarini aytdi.

Antalyadagi  uchrashuvlarini davom ettirgan Chavusho’g’lu, Alanyada yurtdoshlar bilan uchrashdi.

Vazir Chavusho’g’lu, kuchli va yangi Turkiya uchun katta loyihalar  tayyorlash  kerakligini, 15 yildir millatga  eng  yaxshi xizmatni taqadim etish uchun faoliyat qilganlarini anglatdi.

Turk bayroqlarini dunyoning har joyida to’lqinlanishi uchun faoliyat olib borganlarini ta’kidlagan Mevlut  Chavusho’g’lu, chet eldagi mazlumlarni  ham yolg’iz qoldirmaganlarini aytdi.

Chet elda yashagan turklar egasiz emasligini va endi o’zlarini kuchli his etganlarini aytgan Chavusho’g’lu,

“ Turk olamini tuzdik. Turk olami parlamenter majlisini tuzdik va Turk olami bilan kuchimizni  birlashtiryapmiz. Bu yilning oxirida bir “ Turk olami sammiti” tuzib, dunyodagi  Turklarning namoyandalarini yig’amiz. Turkiyaga hasad qilganlar mavjud. Ba’zan   Turkiyaga qarshi dushmanlik qilib  to’sqinlik qilganlar   bor. Vaqti kelgan  barchasiga qarshi tik turib javob berishni  bajardik” dedi.

 

Mamlakatda va chet elda kurashganlarini  ta’kidlagan Chavusho’g’lu,

“ PKK bilan ham Turkiya chegaralari ichida  hamda chet elda kurashmoqdamiz. Ayni shaklda IShIT bilan ham  kurashmoqdamiz. Fatullahchi Terror tashkiloti (FETO) bilan mamlakat va dunyoning har joyida kurashmoqdamiz. Kurashimizni davom ettiramiz va xoinlarga qarshi   jiddiy  kurashmoqdamiz. Qayerda qarshimizga  chiqsalar  chiqsinlar, qaysi inga kirsa kirsinlar,  FETO, PKK, IShIT, DHKP-J farq qilmaydi, barchasini  yo’q qilish  uchun  kurashamiz. Barchasi  bizga javob bermoq majburiyatida.” deb ma’lum qildi.

Turkiya o’tmishda koalitsiyalardan juda ko’p azob chekdi. Shu bois sistemani mustahkamlash kerak degan Chavusho’g’lu, 16- aprelda konstitutsiya o’zgarishi uchun  referendumning ahamiyatini anglatdi.

Yevropaning vaziyatini ham tanqid qilgan Mevlut Chavusho’g’lu,

“ Hadingni bil. Sen ( Yevropa) aqlingni o’zing saqla. U qadar ko’p faoliyat qilayotgan bo’lsang ey  Yevropa muammolaringni , kasalliklaringni  yo’q qil”deb   bildirdi.

 



Aloqador xabarlar