Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 14-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiya-Gollandiya o’rtasidagi oxirgi vaziyat haqida so’z qilamiz.

707099
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 14-qism

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiya-Gollandiya o’rtasidagi oxirgi vaziyat haqida so’z qilamiz.

Avvalom bor Germaniya, ortidan esa Gollandiya diplomatik qoida va xalqaro munosabatlar taomillarini nazarda tutmagan holda Turkiya Respublikasining ikki vazirining Gollandiyaga kirishida muammo yaratdi. Gollandiyaga diplomatik pasport orqali kirgan Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kayaning deport qilinishi diplomatik tarixda asrlardan beri davom etib kelayotgan an’ananing buzilishi degan ma’noni anglatadi. Bortida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bo’lgan uchoqning Gollandiyada qonishiga ruxsat berilmasligi esa diplomatik an’analarga to’g’ri keladigan say-harakatlar emas. To’g’rirog’i bu vaziyat xalqaro huquq skandali hisoblanadi.  

Voqealar bundangina iborat emas. Yana da murakkab bir necha sabablar bor. Ulardan biri sifatida yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlarda bugungi kunda davom etayotgan saylovoldi jarayonda “Turkofobiya”ning avj olishi, Turkiyadagi referendum jarayonida esa ular tomonidan Turkiya imidjiga ziyon berishlik masalalarini aytish mumkin.

Anchadan beri ba’zi Yevropa ittifoqi davlatlarining Turkiyaga qarshi salbiy munosabati bor. Turkiyaning milliy manfaatlari borasida mustaqil siyosat olib borish harakati yevropalik davlatlar tomonidan xijolatchilik bilan kuzatib kelinmoqda. Buning sababini esa tushunib yetish imkonsiz. Chunki Turkiya 65 yildan beri NATO ga a’zo bir davlat sifatida Yevropa xavfsizligi uchun katta hissa qo’shib kelmoqda. Shuningdek Turkiya 50 yildan ortiq bir vaqtdan beri Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lish uchun harakat qilib kelmoqda. Lekin ular Yevropa ittifoqi tarkibida Turkiyadek kuchli bir davlatni ko’rishni xohlamayapti. Nimaga ekanligiga esa hamma hayron. Holbuki Turkiyadek kuchli bir davlatning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishi ittifoq uchun katta yutuq hisoblanadi. Yani Turkiya Yevropa ittifoqining kuchiga kuch qo’shadi. Shunga qaramay Yevropa ittifoqi Turkiyani haligacha o’z tarkibiga qo’shmayotgan bo’lsa unda bu o’rinda bizda tabiiy olaroq “bu vaziyat uzoq vaqtdan beri Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida davom etib kelayotgan muzokaralar yuzasidan Yevropa ittifoqining Turkiyani chalg’itish taktikasimi?” degan savol tug’iladi. Javob esa “ha, albatta” deyotgandek.

Oxirgi ikkita voqeada, Germaniya bilan ayniqsa Gollandiyaning Turkiyaga bo’lgan munosabati ittifoq davlatning emas aksincha dushman mamlakatlar munosabatini eslatmoqda. Roppa-rosa 500 yillik do’stlik davomida bunday vaziyatga tushishlikni tabiiy deya qabul qilishlik esa imkonsiz altbatta.

Aslida olib qaraganda Turkiya bilan Gollandiya o’rtasida munosib iqtisodiy hamkorlik bor edi. Bu doirada 2016-yili Turkiyadan Gollandiyaga bo’lgan eksport narxining 3.6 milliard AQSh dollariga chiqganligini aytish mumkin. Shuningdek 2016-yili Gollandiya Turkiyaning eksport bozorlari ro’yhatida birinchi onlikda o’rin oldi. Gollandiyaning eksportida esa Turkiyaning ulushi 2016-yildan beri 3 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Turizm sohasida esa 2016-yili Gollandiyadan Turkiyaga 718 ming sayyoh keldi. Turkiyadan Gollandiyaga esa 88 ming sayyoh bordi. 2016-yildan boshlab Gollandiya Turkiyaning ziyoratchi ro’yhatida 7-qatorda o’rin oldi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya sohasida ham ikkala mamlakatning mustahkam hamkorligi mavjud.  

Yevropa ittifoqini himoya qilgan siyosatchilar turk millati bilan islom dini dushmani va Yevropa ittifoqiga qarshi ko’z qarashdagi partiyalar oldida muammoni hal qilolmayapdi. Hal qilolmagani oz kelgansib Germaniya bilan Gollandiya muammosida ko’rib turganimizdek turk millati bilan islom diniga qarshi ko’z qarashdagi partiyalarning fikriga quloq solinmoqdi. Bu vaziyat tabiiy olaroq Turkiya bilan Yevropani bir-biridan yana-da uzoqlashtirmoqda. Shunday ekan Turkiya ham, turk xalqi ham bunga qarshi Yevropa ittifoqi a’zoligini avvalgidek nazar-pisand qilmay qo’ydi. Shunday ekan Gollandiya va Yevropadagi rasional siyosatchilar Yevropaning Turkiyaga qaratilgan siyosatini turk millati bilan islom diniga qarshi ko’z qarashdagi partiyalarning ipotekasidan qutqarish uchun tezlik bilan chora ko’rishi kerak. Aks holda Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatiga yetkazilgan ziyonni qayta ta’mirlash nihoyatda murakkab vaziyatga aylanadi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar