Turkiyada oxirgi bir hafta ichida 500 nafar noqonuniy muhojir qo’lga tushdi

Turkiyaning O’rta yer va Egey dengizida Sohil xavfsizligi xodimlari tomonidan oxirgi bir hafta ichida 500 nafar noqonuniy muhojir bilan 4 nafar muhojir kontrabandachi qo’lga tushar ekan 11 muhojirning jasadi topildi.

699255

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Sohil xavfsizligi qo’mondonligi xodimlari O’rta yer va Egey dengizida noqonuniy muhojirlikning oldini olish faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Ushbu faoliyatlar doirasida Sohil xavfsizlik qo’mondonligiga qarashli quriqlik va dengiz xodimlari tomonidan 17-24-mart kunlari O’rta yer va Shimoliy Egey guruhi qo’mondonligi ma’suliyati sohasidagi 203 nafar noqonuniy muhojir esa dengizdan sog’-salomat qutqarildi.  

Sohil xavfsizligi qo’mondonligining o’z faoliyatini havodan yuritish xodimlari, jadarmeriya va xavfsizlik organalari tomonidan Turkiyaning Izmir viloyatining Cheshme va Dikili, Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik, Balikesir viloyatining Edremit, Mug’laning Fethiye va Aydinning Kushadasi tumanlarida yuz bergan 10 ta voqeada 346 nafar noqonuniy muhojir bilan 18 nafar muhojir kontrabandachi qo’lga tushdi.  

Noqonuniy yo’llar orqali boshqa mintaqalarga ko’chish to’g’risidagi 14 voqening 4 tasida Sohil xavfsizlik qo’mondonligidan yordam so’raldi.

Aloqador xabarlar