Turkiyaning Diyarbakir viloyatida ikkita askar halok bo’ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Lije tumanida terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiya jarayonida ikkita askar halok bo’ldi.

694734
Turkiyaning Diyarbakir viloyatida ikkita askar halok bo’ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Lije tumanida terror tashkiloti PKKga qarshi operatsiya jarayonida ikkita askar halok bo’ldi.

Terroristlar bilan otishmada yaralangan ikkita askar barcha tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada olamdan o’tdi.

Otishmada 6 ta terrorist o’ldirildi.

Operatsiyada bitta M-16 piyoda miltig’i va 4 ta sharjo’ri,  5 ta kalashnikov va 12 ta kalashnikov sharjo’ri, 5 ta qo’lbola bomba va 480 ta solyut topildi.

Mamlakat bo’ylab turli viloyat va tumanlarda olib borilgan operatsiyalarda bir oy ichida 72 ta terrorist o’ldirildi, 91 ta terrorist tiriklayin qo’lga tushirildi.

O’ldirilgan terroristlar orasida qidiruvda bo’lgan PKKning 2 ta amiri ham borligi ma’lum bo’ldi.



Aloqador xabarlar