Prezident Matbuot kotibi Ibrahim Kalin Germaniyani keskin qoraladi

Ba’zi Yevropa davlatlarida Turk siyosatchilarning o’z fuqarolari bilan uchrashuviga monelik qilinar ekan kecha Germaniyaning Frankfurt shahrida PKK tarafdorlarining, Turkiyada o’tkaziladigan referendumga qarshi namoyish o’tkazishiga yo’l qo'yib berildi.

694321
Prezident Matbuot kotibi Ibrahim Kalin Germaniyani keskin qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning Matbuot kotibi Ibrahim Kalin kecha Germaniyaning, PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaguvchilar tomonidan 2017-yilning 16-apreli kuni Turkiyada bo’lib o’tadigan referendumga qarshi o’tkazgan namoyishlarga ruxsat berishini keskin qoraladi.

Turk deputatlari va Davlat vazirlarining Germaniyada istiqomat qilguvchi turk fuqarolari bilan bo’ladigan uchrashuvlariga turli baxonalar bilan to’siqlik qilishga harakat qilgan va lekin o’zlarining terror tashkiloti ro’yhatida o’rin olgan PKK terror tashkilotiga oid ramzlar va shiorlarni ko’rmaslikka olgan Germaniyaning bu muomalasining, qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini qayd etgan Ibrahim Kalin, o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

 “Bu dushmanlik ruhidagi munosabatini turli yo’llar orqali bayon etishga harakat qilganlarni sal bo’lsa ham jiddiyroq bo’lishga undaymiz. Turk xalqining saylangan vakillarini o’z fuqarolari bilan uchrashuvini xavfli ekanligini o’rtaga tashlab, terroristlarga qonuniy aktyorlar sifatida muomala qilishlikning izohi imkonsiz emastir. Yuz berganlarning hammasi ochiq-oydin terroristlarni qo’llab-quvvatlashning bir ko’rsatkichidir.

Bugungi Frankfurt voqeasi orqali ba’zi Yevropa davlatlarining 16-aprel kungi referendumga monelik qilmoqchi bo’lganliklariga yana bir bor guvoh bo’ldik. Shunday ekan Yevropa davlatlariga takror eslatib o’tamiz, 16-aprel kuni qarorni Yevropa emas, xalq beradi” dedi.



Aloqador xabarlar