Yevropa ittifoqi bilan  muhojirlar mavzusida ortga qabul  bitimini bekor qilishlari mumkin

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Yevropa ittifoqi bilan  muhojirlar mavzusida ortga qabul  bitimini bekor qilishlari mumkinligini aytdi.

692602
Yevropa ittifoqi bilan  muhojirlar mavzusida ortga qabul  bitimini bekor qilishlari mumkin

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Yevropa ittifoqi bilan  muhojirlar mavzusida ortga qabul  bitimini bekor qilishlari mumkinligini aytdi.

Antalyaga sayohat qilgan Chavusho’g’lu, Gollandiya va Germaniya bilan  o’rtalarida sodir bo’lgan  taranglikning hech birining sababi Turkiya emasligini ta’kidladi.

Chavusho’g’lu, Turk yurtdoshlari Yevropa ittifoqi o’lkalariga vizasiz sayohat qilish va muhojirlarning ehtiyojlarini qondirish uchun Yevropa va’da qilgan moddiy yordam shartlarini bajo keltirmasa, ortga qabul bitimi ham  tatbiq etilmaydi deb ma’lum qildi.

Gollandiya va Germaniyada Turk vazirlarga qarata irqchi harakatlariga diqqat qaratgan Chavusho’g’lu,

“ Yevropada irqchilik, xorijiy dushmanligi, Islom, Turk, ko’chmanchiga qarshi, Yevropani birlashtirgan qadriyatlarning barchasiga ziyon yetkazadigan saviyaga keldi dedi.

Keyinchalik  xususiy televideniye kanalida bayonotlar bergan Chavusho’g’lu,

“ Gollandiya Bosh vaziri Mark Rutte yolg’on aytmoqda. Durust bir odam emas. Men uni odam deb o’ylagan edim. Biz uning bilan o’tirib ortga qabul bitimini muzokara qildik. Rutte  durust emas. Siyosatchi birinchi o’rinda durust bo’lishi kerak” dedi.

Turkiya, istagan shartlar bajo keltirilmasa 2016 – yili 18- martda kelishuvga borilgan ko’ch bitimini tatbiq etmasligiga diqqat qaratgan Chavusho’g’lu,

“ Bularning barchasi bizning qo’limizda, Biz bugundan e’tiboran buni tatbiq etmaymiz, bu masala yakunlar. Hech kimsadan ruxsat olishimizga kerak yo’q. Vizalarni bekor qilishlari  asosiy shartimiz” deb aytdi.

 



Aloqador xabarlar