Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Gollandiya muomalasi haqida bayonot berdi

Gollandiya hukumati kecha, Turkiya TIV Mevlut Chavusho'g'li bilan Oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kayaning Gollandiyada yashagan Turk fuqarolari va diplomatik vakillar bilan amalga oshiradigan uchrashuvlariga monelik qilgan edi.

689737
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Gollandiya muomalasi haqida bayonot berdi

Turkiya haligacha dam olishta bo’lgan Gollandiyaning Turkiyadagi elchisining bir muddat vazifasiga qaytmasligini xohalganligini aytdi.

Tashqi ishlar vazirligi, Gollandiyaning turkiyalik vazirlarga qaratilgan muomalasiga qarshi quyidagicha bayonot berar ekan, Gollandiya hukumatining bu jarayonning boshidan beri diplomatik konvensiyaga to’g’ri kelmaydigan muomalada bo’lganligini, ziyoratlarga to’siqlik qilish uchun har qanday yo’lni sinab ko’rganligini eslatib,

“Juda qadimga borib taqalgan diplomatik munosabatimizning bugungi kunida biz ma’ruz qolgan bu vaziyat qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri va xavflidir. Buning javobgarchiligi faqatgina Gollandiya hukumatiga tegishlidir. Bu dushmanlik ruhidagi muomalani keskin qoralaymiz” dedi.

Demokratiya va erkinlikga tashna ekanligini har fursatda ta’kidlagan gollandiyalik rasmiylarning bu muomalasining, mamlakatdagi turklarning demokratik huquqlari va sharaflariga qarshi qo’l urilgan zo’rovonlik ekanligi ta’kidlangan bayonotda, hech qaysi kuchning Turkiya bilan fuqarolari o’rtasidagi huquqiy, insoniy va manaviy bog’larini uzolmasligi ham aytib o’tildi.

Islom dini va che elliklarga qarshi dushman, irqchi va populist siyosiy partiya bilan uning liderining xursandchiligi uchun olingan bu tadbir ortidan mavzu haqida partiya lideri tomonidan berilgan bayonotlardan, bu qarorlarning ortida kimning borligi yaqqol ko’rinib turipti deyilgan Tashqi ishlar vazirligi bayonotida,

“Turkiya va Gollandiyada yashagan turklar Golandiyadagi ba’zi etnik va diniy guruhlar sonining kamaytirilishi, jome masjidlarining bombalanishi haqida gapirgan bir siyosiy harakatga Gollandiya hukumati tomonidan berilgan imtiyozlarga qurbon qilinmay turgan darajada muhim va kuchlidir. Gollandiyaning Turkiyaga qaratilgan bu moamalsi Gollandiya va Yevropa xalqlari uchun ochiq-oydin xavf tashkil etadi” degan ifodalarga o’rin berdili.

Gollandiya hukumatining bu qaroriga norozilik bildirish maqsadida Gollandiyaning Anqaradagi Muvaqqat ishlar vakili kecha Tashqi ishlar vazirligiga chaqrilganligi ham aytilgan ushbu bayonotda,

“Haligacha dam olishta bo’lgan Gollandiyaning Turkiyadagi elchisining bir muddat vazifasiga qaytmasligini xohlaganligimiz ma’lum qilindi. Golandiyalik vakilga shuningdek, Turkiya va Gollandiyadagi turklarga qarshi olingan bu vahim qarorning Turkiya-Gollandiya o’rtasidagi diplomatik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi munosabatlarimiz jihatidan jiddiy ravishda mummolar tug’dirajagi ham yetkazildi. Gollandiya xalqiga ziyon yetkazmaydigan ravishda bunga qarshi javob berilajagini xalqimizga hurmat bilan eshittiramiz” deyildi.

Shu bilan birga Gollandiyaning muomalasiga qarshi uning Anqara elchixonasi bilan Istanbul konsulligiga kirish va chiqishlar xavfsizlik sababi bilan yopib qoyildi.

Shuningdek Gollandiya elchisi bilan Muvaqqat ishlar vakilining uyi bilan Bosh konsulning qarorgohiga qarshi ham huddi shunday muomala qilindi.



Aloqador xabarlar