Izmirda noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan 145 muhojir qo'lga tushdi

Turkiyaning Izmir shahrida noqonuniy migratsiyani oldini olishga doir operatsiya ketmoqda.

686653
Izmirda noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan 145 muhojir qo'lga tushdi

Izmirda noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan chet el millatiga mansub jami 145 muhojir qo’lga tushdi.

Noqonuniy migratsiyani oldini olishga doir operatsiyada Izmirning Cheshma tumanida 42 ta, Seferihisar tumanining Otaturk mahallasida 66 ta va Menderes tumaniga qarashli O’zdere Chukuralti hududida esa, 37 ta chet ellik muhojir qo’lga tushirildi.

Operatsiyada muhojirlarni noqonuniy yo’llar bilan boshqa mamlakatga olib o’tishni rejalashtirgan 7 kishi qo’lga tushirildi.

Voqeaga aloqadorlikda gumon qilinib sudga topshirilgan 5 kishi qamoqqa olindi.

Bulardan bir nafari Turkiya fuqarosi ekani aytilmoqda.

Ikki kishi adliy nazorat sharti bilan qo’yib yuborildi.

Noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tmoqchi bo’lgan suriyalik 133 muhojir, 6 nafar iroqlik muhojir Izmir ko’chmanchilar idorasiga topshirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Izmir , #migratsiya , #operatsiya , #muhojir

Aloqador xabarlar