FETO va PKK terror tashkilotining yashirin sherikligi yana bir bor o’rtaga chiqdi

Turkiyaning Ushak viloyat prokuraturasi tomonidan FETO tergovi doirasida olib borilgan faoliyatlar asosida, FETO va PKK terror tashkilotining yashirin sherikligi yana bir bor o’rtaga chiqdi.

680113
FETO va PKK terror tashkilotining yashirin sherikligi yana bir bor o’rtaga chiqdi

FETO tergovi doirasida hibsga olingan kishiga oid USB xotira uskunasida saqlangan musiqalar orasida yashirib qo’yilgan FETO to’daboshining ovozlari yozilgan papkalar bilan PKK terror tashkilotining tog’dagi xodimlariga oid multimediya papkalari qo’lga kiritildi.   

Turkiyaning Ushak viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan FETO tergovi doirasida to’rt oy oldin tashkilotning jo’natmalarni shifrlaydigan “ByLock” dasturidan foydalanganligi iddiosi bilan nazorat ostiga olingan va Sud tomonidan “Terror tashkilotiga a’zo bo’lish”, “Terror tashkilotiga moliyaviy jihatdan yordam berish” kabi ayblovlar bilan hibsga olingan bir shaxsning ishxonasi va avtomobilida qo’lga kiritilgan 2 ta USB xotira uskunasini tekshirib chiqish faoliyati tamomlandi.   

Shifrlanganligi aniqlangan raqamli materiallarda, turli san’atkorlarning nomi yozilgan papkalar topildi. Ovozlar yozilgan huddi ana shu papkalarni tekshirib chiqqan politsiya xodimlari ularda qo’shiqlar emas aksincha FETO to’daboshining ovozlarining yozilganligini aniqladi.

Turli sat’atkorlarga oid roppa-rosa 26 ta qo’shiq papkasida, PKK terror tashkilotining tog’dagi xodimlariga oid multimediya papkalari ham topildi.

Ovozlar yozilgan papkalarning har biriga turli san’atkorlarning nomini yozish orqali uning ichidagi haqiqiy ma’lumotlarning yashirilganligi, bu usulning tashkilotning yashirish yo’llaridan biri ekanligi qayd etildi.

Qo’lga kiritilgan PKK terror tashkiloti a’zolariga oid tasvirlarni ham tekshirib chiqqan politsiya xodimlari aybdorning, tashkilotning tog’dagi xodimlari orasida o’rin olgan terroristlarning tasvirlarini birlashtirgan holda fonda bir san’atkorning qo’shig’ini chalganligini, bu yo’l orqali terror tashkilotini xush ko’rganligini aniqlandi.   

Ikkala terror tashkiloti o’rtasidagi yashirin sheriklikni ko’rsatgan papkalarda esa FETO to’daboshining xabarlari ham e’tiborlardan qo’chgani yo’q.

FETO to’daboshiga oid va 2015-yilning 23-oktabri kuni yozilgan bir ovoz papkasida;

“Agar men kuchli bo’lsam, agar barcha imkonlar mening qo’limda bo’lsa unda hamma menga bosh egishga majburdir” degan ifodalariga o’rin berilgan.

Shuningdek ushbu papkada FETO lideri, vaqti-vaqti bilan o’zida jinnilik hollarining o’rtaga chiqqanligini va bu jinniliknnig bir bo’lagining haligacha o’zida mavjudligini e’tirof etmoqda.

 



Aloqador xabarlar