TBMMning Tashqi ishlar kengashi “Xo’jali” qatliomi haqida bayonot berdi

Bugun 26-fevral Ozarbayjonda bundan roppa-rosa 25 yil muqaddam mamlakatning Xo’jali shahrida bo’lib o’tgan ommaviy qirg’in qurbonlariga bag’ishlangan xotira kuni hisoblanadi.

679952
TBMMning Tashqi ishlar kengashi “Xo’jali” qatliomi haqida bayonot berdi

Bugun 26-fevral Ozarbayjonda bundan roppa-rosa 25 yil muqaddam mamlakatning Xo’jali shahrida bo’lib o’tgan ommaviy qirg’in qurbonlariga bag’ishlangan xotira kuni hisoblanadi.

Shu tufayli bugun Turkiya Buyuk Millat Majlisining Tashqi ishlar kengashi, Adolat va taraqqiyot partiyasi, Respublika Xalq partiyasi va Milliyatchi Harakat partiyasi a’zolari tomonidan chop etilishiga qaror qilingan yozma ravishda bayonot berdi.

Ushbu bayonotda, bundan roppa-rosa 25 yil muqaddam, 1992-yilning 25-fevralidan 26-fevraliga o’tar kechasi Armaniston askarlari tomonidan Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’ viloyatining Xo’jali shahriga qarshi hujum uyushtirilib, hujum oqibatida ayollardan, kichik yoshdagi bolalar va keksalardan iborat 613 nafar tinch aholining o’ldirilganligi, 487 nafar tinch aholining tan jarohati olganligi shuningdek 1275 nafar tinch aholining arman harbiylari tomonidan asirga olinganligi aytilgan.

Asirga olingan 150 nafar tinch aholining oqibati haqida esa haligacha hech qanday ma’lumot yo’qligi ta’kidlangan bayonotda;

“Bugungacha xalqaro huquq qoidalariga javob bermaydigan ravishda Armaniston ishg’oli ostida turgan Xo’jaliga qarshi, 25 yil muqaddam qo’l urilgan fojiali hujumni qalbimizning tub-tubidan his qilganligimizni ifoda etar ekanmiz Ozarbayjon xalqiga takror chuqur hamdardlik bildiramiz. Qatliomda jon berganlarga yana bir bor Olloxdan rahmat tilab, aziz xotiralari oldida hurmat bilan bosh egib, ta’zim qilamiz” deyilgan.  

Shuningdek,

“Odam bolasi tarixining eng qora sahifalaridan biri hisoblangan Xo’jali qatliomi natijasida mintaqa huzur, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik jihatidan bugun uchun ham muammo tashkil etmoqda. Shunday ekan biz ozarbayjonlik qardoshlarimizning yonida ekanligimizni ifoda etar ekanmiz adolat va odamgarchilik uchun bu fojia sababchilarining xalqaro huquq doirasida javobga tortilishini va Armanistonni Tog’lik Qorabog’ doxil bosib olgan barcha Ozarbayjon tuproqlaridan tezlik bilan chiqib ketishga yana bir bor undaymiz” deyilgan.    

 

 



Aloqador xabarlar