Turkiya bilan Ozarbayjon qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorligini yana da mustahkamlash niyatida

Turkiya bilan Ozarbayjon qishloq xo'jaligi sohasidagi o’z hamkorligini mustahkamlash niyatida ekan shu doirada kecha poytaxt Bokuda, Ozarbayjon-Turkiya qishloq ho’jaligi biznes forumi uyushtirildi.

678987
Turkiya bilan Ozarbayjon qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorligini yana da mustahkamlash niyatida

Turkiya bilan Ozarbayjon qishloq xo'jaligi sohasida o’z hamkorligini mustahkamlash yo’lida shaxdam qadamlar tashlamoqda.

Oziq-ovqat, qishloq-xo'jaligi va chorvachilik vazirligi bilan Ozarbayjon qishloq-ho'jaligi vazirligi hamkorligida uyushtirilgan Ozarbayjon-Turkiya qishloq ho’jaligi biznes forumi Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo’lib o’tdi. 

Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat, qishloq-ho'jaligi va chorvachilik vaziri Faruk Chelik 100 dan ortiq turk firmasi ishtirok etgan forumda, Ozarbayjon bilan qishloq-xo'jaligi mahsulotlarini sotish faoliyatlarining orttirilishi kerakligini ta’kidladi.

Ortidan Faruk Chelik kasbdoshi Haydar Asadov bilan uchrashuv o’tkazib, ikki mamlakat o’rtasidagi qishloq xo'jaligi sohasidagi tajribalarini almashib, ayniqsa oqsim kasalligining oldini olish va veterinariya xizmatlari borasida vazirliklararo hamkorlikni yana-da orttirish to’g’risida kelishib olganliklarini ma’lum qildi.  

Forum yakunida Faruk Chelik bilan Haydar Asadov o’rtasida “Yem o’simliklari urug’ini yetishtirish va uning sertifikatlashtirilishi” sohasida anglashuv memorandumiga qo’l qo’yildi.

Chelik, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan ham qabul qilindi.



Aloqador xabarlar